296
Bachadondan tashqaridagi homiladorlik.
Mo‘tadil holatda
urug‘ langan tuxum hujayrasi naychalar peristaltikasi natijasida
bachadon bo‘shlig‘iga tushib, homiladorlik boshlanadi.
Bachadondan tashqaridagi homiladorlikda urug‘langan tuxum
hu jay ra naychada qolib ketadi va naycha homiladorligi boshlana-
di. Homiladorlik, ko‘pincha, bachadon nayining kengaygan qis-
mida, qorin bo‘shlig‘ida, tuxumdonda ham bo‘lishi mumkin.
Bachadon dan tashqaridagi homiladorlikni
sabablari
bachadon
nayini yallig‘lanishi, sklerozi, torayishi, buralib qolishi, o‘sma
yoki tosh bilan bosilishi hisoblanadi. Homila o‘sishi natijasida
naycha kengayadi. Lekin, homiladorlikni 4–5 haftasidan keyin
naycha kengaya olmay yoriladi. Shikastlangan qon tomirlar-
dan qon oqadi. Qon oqishi natijasida kollaps va o‘lim yuz be-
rishi mum kin. Homila, ko‘pincha, o‘ladi, yoki mumifikatsiya,
kalsifika tsiyaga
uchraydi. Infeksiya tush ganda, yiringli so‘rilish
ham yuz beradi va bu yiringli jarayon peretonitga sabab bo‘ladi.
Tuxumdon va qorin bo‘shlig‘idagi homilador lik kam uchraydi va
ko‘pincha, homilani o‘lishi bilan tugallanadi.
Eklampsiya.
Homiladorlik toksikozini biri bo‘lib, homila-
dorlikni ikkinchi yarmida, tug‘ruq vaqtida yoki tug‘ruqdan keyin
ham bosh lanishi mumkin. Kasallik, og‘ir talvasa tutishi va hush-
dan ketishi bilan namoyon bo‘ladi. Ba’zan eklampsiya o‘lim bi-
lan ham tugallanadi. O‘lganlar jasadini ochganda, jigarni xarak-
terli o‘zgarish lari: jigar kattalashishi, ola-bula bo‘lishi, distro-
fiya va nekroz, qon qu yilishi kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: