Anatomiya 2014. indd


Bachadonni tug‘ruqdan keyingi infeksiyasi – endometrit



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Bachadonni tug‘ruqdan keyingi infeksiyasi – endometrit. 
Abort yoki tug‘ruqdan keyin bachadon ichki yuzasi jarohat ol-
gan ko‘rinish da bo‘ladi, unga juda tez infeksiya tushadi. Bacha-
don ichiga infeksiya tashqaridan qo‘l bilan tekshirilganda, ins-
trumentlar orqali, ba’zan qindan ham kirishi mumkin. Endome-
trit yallig‘lanish, chirish va septik ko‘rinishida uchraydi.
Chirish endometrit bachadon ichida plasenta va tuxum parda 
qol diq larini chirishidan kelib chiqadi.
Septik endometrit difterik yoki yiringli yallig‘lanish ko‘ri-
nishida kechadi. Bunda bachadon ichida juda ko‘p streptoko-
kklar topiladi. Septik endometrit sepsisga olib keladi.
Qin
(vagina)
 
kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashib, bachadon-
dan jinsiy yoriqqacha cho‘zilgan naysimon toq a’zo (141-, 142-
rasm). Uning uzunligi 8–10 sm, devorining qalinligi 3 mm. Qin 


297
biroz orqaga bukilgan bo‘lib, ikki: oldingi va orqa devori
 
tafovut 
qilinadi. Qin oldingi devorining yuqori qismi qovuq tubiga te-
gib tursa, pastki qismi ayollar siydik chiqarish nayi devoriga biri-
kib ketgan. Orqa devorining yuqori qismi qorinparda bilan qop-
lansa, pastki qismi to‘g‘ri ichakning oldingi devoriga tegib tu-
radi. Qin devorlari, odatda, bir-biriga tegib turadi. Ular bacha-
don bo‘ynining qin qismini o‘rab olib, uning atrofida tor y oriq 
qin gumbazini hosil qiladi. Qinning orqa devori uzun bo‘lga-
ni uchun gumbazning orqa qismi
 
oldingi qismidan chuqurroq 
bo‘ladi. Qinning pastki uchi qin dahliziga qin teshigi bilan ochi-
ladi. U qizlik pardasi
 
bilan bekilgan. Qizlik pardasi qin dahlizi-
ni, qin bo‘shlig‘idan ajratib turadi. U yarim oysimon y oki ilma-
teshik plastinka shaklida bo‘ladi. Ba’zida qizlik pardasida teshik 
bo‘lmasligi mumkin. Qizlik pardasi yirtilganidan so‘ng, uning 
qoldiqla ri – qizlik pardasining etchasi hosil bo‘ladi.
Qin devori uch: tashqi adventitsial qavat
 
yumshoq biriktiruv-
chi to‘qima, elastik va silliq mushak tolalaridan iborat. O‘rta 
mushakli qavat bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishga ega mushak 
tutamlaridan iborat. Qinning yuqori qismida mushak qavat ba-
chadon mushak qavatiga o‘tib ketsa, pastki qismida mushak qa-
vati nisbatan kuchli rivojlangan bo‘lib, oraliq mushaklari bilan 
qo‘shilib ketadi. Qinning pastki uchini va siydik chiqaruv kanali-
ni o‘ragan ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalari o‘ziga xos qisqichni 
hosil qiladi. Ichki shilliq parda shilliq osti tana bo‘lmagani uchun 
mushak qavatga birikib ketgan. U nisbatan qalin (2 mm) bo‘lib, 
qin burmalarini hosil qiladi. Qinning oldingi va orqa devorida 
o‘rta chiziqqa yaqin qin burmalari baland lashib burmalarning us-
tunchalarini hosil qiladi. Qinning oldingi devorida joylash gan ol-
dingi burmalarning ustunchalari orqa devordagi ustunchalarga 
nisbatan yaxshi bilinadi. 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin