Anatomiya 2014. indd


bilan o‘ralib, klitor boshi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
bilan o‘ralib, klitor boshi
 
bo‘lib tugaydi.
G‘ovakli tanalar o‘zaro to‘siq
 
bilan ajralgan. Klitorning g‘o-
vakli tanasi xuddi erlik olati g‘ovakli tanasiga o‘xshash mayda ka-
takchalari bo‘lgan g‘ovakli to‘qimadan iborat. Klitor yuqoridan 
klitor kertmagi bilan chegaralansa, pastda klitor yuganchasi
 
bo‘la-
di. Klitorning boshidan tashqari qismi fassiya
 
bilan o‘ralib, klitor-
ni osiltirib turuv chi boylam vositasida mustahkamlanib turadi.
Ayollarning siydik chiqarish nayi
(uretra feminina)
 
uzunligi 
2,5–3,5 sm; kengligi 8–12 mm bo‘lgan biroz bukilgan nay shakli-
da. U qovuq devoridan siydik chiqarish nayining ichki teshigi bi-
lan bosh lanib, qin teshigidan yuqoriroqda siydik chiqarish nayi-
ning tashqi teshigi bilan ochiladi. Ayollar siydik chiqarish nayi 
devori shilliq parda va mu shakli qavatlardan iborat. Shilliq par-
dada
 
bo‘ylama burmalar va bezlar bor. Mushakli qavati ich-
ki bo‘ylama va tashqi halqasimon qavatdan iborat. Ayollar siy-
dik chiqarish nayi siydik-tanosil to‘sig‘idan o‘tgan joyda siydik 
chiqarish nayining ixtiyoriy sfinkterini hosil qiluv chi mushak to-
lalari bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Oraliq
(perineum)
 
kichik chanoqning chiqish teshigini qop-
lab tu ruvchi yumshoq to‘qima to‘plami. Oraliq old tomondan 
qov simfizining pastki chekkasi, orqadan dum suyagining uchi, 
yon tomondan qov va quymich suyaklarining pastki shoxlari va 
quymich do‘ngligi bilan chegaralangan. U romb shaklida bo‘lib, 
quymich do‘ngligini o‘zaro biriktiruvchi chiziq uni ikki uchbur-
chakka: oldingi yuqorigi – siydik-tanosil to‘sig‘i, pastki orqa-
chanoq to‘sig‘iga ajratadi. Ikkala to‘siq bir-biriga asosi bilan te-
gib tursa, uchlari qov simfiziga va dum suyagiga qaragan bo‘ladi. 


300
Tor ma’noda oraliq deganda old tomondan tashqi tanosil a’zola-
ri, orqadan orqa teshik o‘rtasida joylashgan oraliqning pay mar-
kaziga to‘g‘ri kelgan soha tushuniladi. Ayollarda bu soha jinsiy 
yori g‘ning orqa chekkasidan orqa teshikning oldingi chekkasiga-
cha davom etsa, erkaklarda yorg‘oqning orqa chekkasidan orqa 
teshikning oldingi chekkasigacha davom etadi. Oraliq terisida ol-
dindan orqaga qarab chok yo‘nalgan bo‘lib, erkaklarda yorg‘oq 
chokiga davom etadi.
Siydik-tanosil to‘siq
 
oraliqning old tomonini egallagan, uchi 
qov sim fiziga qaragan uchburchak shaklida bo‘ladi. Uning yon 
tomonlari ni qov va quymich suyagini pastki shoxlari asosini esa 
quymich do‘ng ligini biriktiruvchi chiziq hosil qiladi. Siydik-tano-
sil to‘sig‘i orqali erkaklarda siydik chiqarish nayi, ayollarda esa siy-
dik chiqarish nayi va qin o‘tadi. Siydik-tanosil to‘sig‘i mu shaklari 
yuza va chuqur qavatlarga bo‘linadi. Yuza qavatda quymich-g‘ovak 
tana, so‘g‘on-to‘rlangan tana va oraliqning yuzaki ko‘ndalang mu-
shaklari joyla shadi.
Siydik-tanosil to‘siqning chuqur mushaklariga oraliqning chu-
qur ko‘n dalang mushagi va siydik chiqaruv nayining tashqi sfink-
teri kiradi.
Chanoq to‘sig‘i
 
uchburchak shaklida oraliqning orqa qismini 
hosil qiladi. Uchburchakning uchi dum suyagiga qaragan bo‘lib, 
undan erkaklarda va ayollarda to‘g‘ri ichakning oxirgi qismi o‘ta-
di. Chanoq diafragmasining yuza qavatida orqa teshikni qisuvchi 
tash qi mushak joylashadi.
Chanoq diafragmasining chuqur mushaklariga orqa teshikni 
ko‘ taruv chi mushak va dum mushagi kiradi.
Orqa teshikni ko‘taruvchi mushak
 
uchburchak shaklida-
gi juft mushak bo‘lib, uning oldingi tutamlari qov suyagi past-
ki shoxining ichki yuzasidan, yon tutamlari chanoq fassiyasi-
ning qalinlashuvi dan hosil bo‘lgan mushakning pay ravog‘idan 
boshlanadi. Bu mushak lar qisqarganida, chanoq tubini mustah-
kamlaydi, to‘g‘ri ichakning past ki qismi oldinga va yuqoriga tor-
tilib siqiladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin