Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə258/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Oraliq fassiyalari
. Oraliqda oraliqning yuza fassiyasi, siy dik-
tanosil to‘sig‘ining ustki va pastki fassiyalari, shuningdek, cha-
noq to‘sig‘ining ustki va pastki fassiyalari tafovut qilinadi.
Ayollar oralig‘i o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, siydik-ta-
nosil to‘siqning kengligi katta bo‘ladi, undan siydik chiqaruv ka-


301
nalidan tash qari qin ham o‘tadi. Ularda bu sohaning mu shaklari 
erkaklarga nisbatan kuchsiz, siydik-tanosil to‘siqning ust ki va 
pastki fassiyalari esa aksincha, pishiq bo‘ladi. Ayollar siydik 
chiqaruv nayining tashqi sfinkteri tolalari qinni o‘rab, uning de-
voriga chatishib ketadi. Oraliqning pay markazi qin bilan orqa 
teshik o‘rtasida joylashib pay va elastik tolalardan iborat.
Sut bezi
Sut bezi
(glandula mammaria) juft a’zo bo‘lib, ter bezlarida 
takomil etgan sut ishlab chiqarishiga moslashgan. U III–VI qo-
vurg‘a sohasida katta ko‘krak mushagini qoplagan fassiya ustida 
joylashgan. Bezning o‘rta qismida sut bezining so‘rg‘ichi bo‘lib, 
uchida 10–15 ta sut naychalari bo‘ladi. Sut bezi so‘rg‘ichi atro-
fidagi doirada va so‘r g‘ichda pigment ko‘p bo‘ladi, qizlarda esa 
u pushti pang, tuqqan ayollarda esa jigarrang bo‘ladi. Balogatga 
etgan ayollarda sut bezining tanasi 15–20 ta sut bezi bo‘laklari-
dan iborat bo‘lib, ular o‘zaro yumshoq tolali biriktiruv chi to‘qi-
ma va yog‘ to‘qimasi bilan ajragan. Bularni sut bezini ko‘tarib 
turuvchi boylamlar deb ataladi. Bez bo‘laklari murakkab alveo-
lyar bez tuzilishiga ega bo‘lib, so‘rg‘ichga nisbatan radiar joy-
lashgan. Ularning sut naychasi sut bezi so‘rg‘ichi uchiga ochila-
di. Sut naychalari uchlarida kengayib – sut ishlanadigan bo‘shliq 
hosil qiladi.
Yangi tug‘ilgan qiz bolaning sut bezi uncha takomil etma-
gan bo‘ ladi. Balog‘atga yetish davrida ayollarda ular tuxumdon-
ning gormonal fao liyatiga bog‘liq ravishda tez o‘sa boshlaydi. Ho-
miladorlik va lakta tsiya dav rida sut bezi to‘qimasida alveolalar 
ko‘payadi. Homiladorlikning ikkinchi yarmida bez alveolalarida 
sekretor jarayon bosh langanida bez to‘liq takomilga yetadi. Bo-
la tug‘ilishidan oldin sut bezlari molozi vo chiqaradi, bola tug‘il-
ganidan birnecha kun o‘tgandan keyin sut chiqa boshlaydi. Kli-
maks davrida (45–55 yoshlar) tuxum donning gormonal fao liyati 
pasayishi munosabati bilan sut bezlari kich rayib, bez to‘qimasi 
yog‘ to‘qimasi bilan almashinadi.
Mastit. 
Sut bezini yalig‘lanishi mastit deyiladi. Uni qo‘zg‘atuv-
chisi ko‘pincha, stafilokokk bo‘lib, bez uchining mikrojarohati 
hisobiga yallig‘lanish kelib chiqadi. Jarayon seroz, infiltrativ, 
abssess, flegmonoz, gangrenali va surunkali kechadi. Mastitda 


302
harorat 38,5–39 °C ga cha ko‘tariladi. Sut bezida og‘riq bo‘ladi, 
bez kattalashib ketadi, teri qizarib, tarang lashib, yaltiroq, ba’zan 
ko‘kimtir tusga kiradi. Umumiy simptomlardan bosh og‘rishi, 
uyquchanlik, et uvishi, hol sizlik kuzatiladi. Qo‘ltiq osti limfa tu-
gunlari kattalashadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin