Anatomiya 2014. indd


Uglevod almashinuvining buzilishi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Uglevod almashinuvining buzilishi
Uglevodlar almashinuvi mo‘tadil borishining buzilishi, avvalo, 
qonda qand miqdorining ortib ketishida ko‘rinadi. Qand siydikga 
faqat uning qondagi miqdori oshib ketgan hollarda o‘tishi mum-
kin. Qonda qand miq dorining oshishi butunlay sog‘lom odamda, 
agar uni 200 gr qandni iste’mol etishga majbur qilinsa, kuzatilishi 
mumkin. Jigar va to‘qimalar ichakdan tezlik bilan katta miqdorda 
keluv chi qandni o‘zlashtira olmaydi, shuning uchun qonda qand 
miqdori ortadi, ortiqchasi esa siydikga o‘tadi. Bunday glukzuriya 
ovqat glukozuriyasi yoki alimenlar glukozuriya deb ataladi. Or-
ganizmga ortiqcha glukoza yoki boshqa oddiy qand yuborib qon-
ning qand egriligining xarakterini aniqlash jigarning funksional 
qobiliyatini tekshirish usullaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Bun-
day egrilikni olish uchun glukoza qabul qilingach har xil muddat-
dan keyin qonda qand miqdorini qayta aniqlaydilar. Uglevodlar 


310
almashinuvining chuqur buzilishlariga bog‘liq doimiy glukozuriya 
qand siyish yoki qandli diabet deb ataluv chi kasallikda kuzatila-
di. Bu kasallikning asosida osh qozon osti bezining ichki sekretsiya 
faoliyatining buzilishi yotadi. Organizmda insulinning bo‘lmasligi 
tufayli to‘qimalarning qandni energetik material sifatida sarflash 
qobiliyati buziladi.
Yog‘ (lipid) almashinuvi
Lipidlarga glitserin va yog‘ kislotalardan iborat neytral yog‘lar 
va fizik-kimyoviy xususiyatlari bo‘yicha ularga yaqin lipoidlar 
(lestitin, xolesterin) kiradi. Lipoidlar tarkibiga yog‘ kislotalar-
dan tash qari ko‘p atomli spirtlar, fosfatlar va azot birikmala-
ri kiradi. Lipid larga azot va fosfor saq lovchi fosfatidlar; bosh 
miya nerv to‘qimasida uchraydigan serebrozidlar; ko‘p to‘qi-
malarda uchraydigan yog‘ kislotalarning murakkab efirlari ste-
rid va sterinlar kiradi. Sterinlar ichida xolestirin eng ko‘p aha-
miyatga ega, uning boshqa lipoid lardan farqi osonlik bilan yup-
qaroq rombsimon plastinkalar ko‘rinishidagi kristallar shakliga 
kirishidir. Yog‘lar organizmda plastik material va energiya man-
bayi sifatida ahamiyatga ega. Plastik material sifatida yog‘ hu-
jayra sito plazmasi va pardasi tarkibiga kiradi. Yog‘ning bir qismi 
yog‘ to‘qimasi hujayralari tarkibida zaxira yog‘ sifatida to‘planib, 
uning miqdori tana og‘irligining 10–30 % tashkil qiladi.
Yog‘ni organizmda energiya manbayi sifatida ahamiyati katta. 
1 g yog‘ oksidlanganda – 9,3 kkal issiqlik ajratadi, bu 1 g uglevod 
yoki oqsil ok sidlanganiga nisbatan 2,2 barobar ko‘p.
Yog‘ning ko‘p qismi yog‘ depolari ko‘rinishida saqlanadi. Bu 
zaxira yoki sarflanuvchi yog‘ sifatida organizm ehtiyojlari uchun 
kerak bo‘ladi. Asosiy yog‘ depolari bo‘lib ter osti kletchatkasi, 
charvi, ichak tutqich, buyrak atrofidagi kletchatka hisoblanadi.
Lipidlar almashinuvi oqsillar va uglevodlar almashinuvi bi-
lan bevosita bog‘liq. Organizmga uglevodlar ko‘p miqdorda kir-
sa, ular yog‘ ga aylanishi mumkin. Och qolgan vaqtda yog‘lardan 
uglevodlar hosil bo‘lib, energiya manbayi sifatida foydalaniladi. 
Yog‘ almashinuvini boshqarishda markaziy nerv tizimi, 
shuning dek, endokrin bezlar (jinsiy, qalqonsimon, buyrak usti va 
gipofiz) asosiy rol o‘ynaydi.


311

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin