313
fosfor suyaklarda katta miqdorda bo‘lsa, mis va temir gemogla-
binda, yod esa qalqonsimon bez gormoni tarkibida bo‘ladi. Osh
tuziga talabning kattaligiga sabab, uning eritmasi osmatik bosim-
ni hosil qilish va saqlab turishda asosiy rolni o‘ynaydi. Orga-
nizmda qon va boshqa suyuqliklarida 1 % tuzlar bo‘lsa, uning
0,9 %ni osh tuzi tashkil qiladi. Tuzlar hazm a’zolari shirasi tar-
kibini asosiy qismini tashkil qiladi va qonga qayta so‘riladi. Osh
tuzini bosh qarishda asosiy rolni buyraklar o‘ynaydi. Osh tuziga
sutkalik talab uning sarfi bilan aniqlanadi. Natriy, kalsiy, kaliy,
xlor ionlari qo‘zg‘alish va tormozlanish, mushak qisqarishi, qon-
ning ivishi jarayonlarida ahamiyati katta.
Talab juda kam bo‘lgan elementlar mikroelementlar deb atala-
di. Ularga kobalt, rux, ftor va boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: