317
lam-qatlam yoki nursimon tuzilishga ega. O‘t pufagining tosh-
lari yakka va ko‘p sonli bo‘lishi mumkin. Ba’zida ular faqat o‘t
pufagidagina emas, balki jigar ichi yo‘llarida ham hosil bo‘ladi.
O‘t pufagining toshlari o‘t toshi kasallikgining xurujlarni kelti-
rib chiqarishi mumkin. Bu xuruj lar o‘t yo‘lining tosh bilan beki-
lib qolishi yoki shu yo‘lning shilliq pardasi mayda toshlar bilan
ta’sirlanishi natijasida spazmaga uchra shi oqibatida og‘riqlar bilan
davom etadi. O‘t pufagining yallig‘lanish jarayoni davomida hosil
bo‘lgan toshlar kasallikning kechishini og‘irlashtiradi.
Buyrak jomi va qovuq toshlari siydik kislota tuzlarining yoki
oksalat va fosfor kislotalarining to‘planishidan hosil bo‘ladi. O‘t
pufagining tosh lari kabi ular ham yakka va ko‘p sonli bo‘lib, an-
cha katta bo‘lishi mumkin. Toshlar siydik nayiga tushib qolib, siy-
dik oqishining buzilishiga olib kelishi mumkin. Siydik nayi shilliq
pardasining ta’sirlanishi natijasida kelib chiqadigan spazma tufay-
li kuchli og‘riq lar xuruji sifatida buyrak sanchig‘i paydo bo‘ladi.
Siydik oqishi uzoq vaqt to‘xtab qolganda u buyrak jomida to‘pla-
nib, uni kengaytirib, buyrak to‘qimasini bosib qo‘yadi va uni atro-
fiyaga olib keladi. Bu jarayonni gidronefroz deb ataydilar.
Dostları ilə paylaş: