312
fa qat epikardda to‘planmasdan, mushak tolalari o‘rtasida ham
to‘planadi. Bu holat yurak faoliyatini buzilishiga olib keladi.
Yog‘ distrofiyalari yurak mushaklari, jigar va buyrakda ko‘p
uchraydi. Yog‘ distrofiyasi turli sabablar oqibatida kelib chiqadi.
Bularga organizmni xloroform, mishyak, fosfor va boshqa zaharli
moddalar bilan zaharlanishi, yuqumli kasalliklar oqibatida mod-
dalar almashinuvini buzilishi kiradi.
Xolestrin almashinuvini buzilishi yog‘ almashinuvini buzilishi
bilan bevosita bog‘liq va ko‘pincha, u bilan birga o‘tadi. Qonda
xolestrinni oshishi – giperxolesterinemiya uni ovqat bilan ko‘p
kirganida (u tuxum sarig‘ida, jigarda, go‘shtda ko‘p bo‘ladi), xo-
lesterinni ajratilishi (jigar va ichak orqali) pasayganda va ba’zi
bir patologik holatlada uchraydi. Qonda xolesterinni oshishi ate-
roskleroz va o‘t toshlari paydo bo‘lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: