307
Donali distrofiy har xil intoksikatsiyalarda, infeksion jarayon-
lar va qon aylanishini buzilishlarida uchraydi. Ularning bevosita
sababi oksid lanish jarayonlarining susayishi, hujayra nafas olishi-
ning buzilishi va modda almashinuvining kislotali mahsulotlari
to‘planishi hisoblanadi.
Donali distrofiyada parenximotoz a’zolar funksiyasi pa-
sayadi. U yurak mushaklarining qisqarish qobiliyatining kuch-
sizlanishiga olib keladi. Buyrakning burama naychalari epiteliy-
sining donali dis trofiyasi epiteliyning filtratsion qobiliyatini bu-
zilishiga va siydik da oqsil paydo bo‘lishiga olib keladi.
Donali distrofiyaning oqibati har xil. Bu jarayon, odatda,
qaytar jarayon bo‘lib, uni keltirib chiqargan sababi bartaraf qi-
linganda tarkibning to‘la tiklanishi kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: