309
cha glikogen bo‘ladi. Agar qondagi qandning miqdori kamaysa, ji-
garda glikogen parchalanib qonga o‘tadi. Glikogenni hosil bo‘lish
va to‘planish jarayoni oshqozon osti bezi gormoni insulin bilan
boshqariladi. Glikogenni parchalanish jarayoni oshqozon osti be-
zining ikkinchi gormoni glikogon ta’siri ostida bo‘ladi. Oshqozon
osti bezi kasalliklarida glikogen hosil bo‘lishi kamayadi, natijada
qonda qand ko‘payib, uning ko‘p qismi siydik bilan chiqariladi.
Qonda qandning miqdori, shuningdek, glikogen zaxirasi mar-
kaziy nerv tizimi tomonidan boshqariladi. Uglevod almashinu-
vi markazidan nerv ta’siri a’zolarga vegetativ nerv tizimi orqali
o‘tkaziladi. Markazdan simpatik nervlar orqali o‘tuvchi impuls-
lar jigar va mu shaklarda glikogenni parchalanishini, shuningdek,
buyrak usti bezi mag‘iz moddasi gormoni adrenalinni ajralishini
kuchaytiradi. Adrenalin glikogenni glukozaga aylanishini ta’min-
laydi. Uglevod almashinuvida bulardan tashqari buyrak usti bezi-
ning po‘stloq qismi, gipofizning oldingi bo‘lagi va qalqonsimon
bez gormonlari ham ish tirok etadi.
Odam organizmida uglevodlar qonda glukoza shaklida (4,44–
6,66 mmol/l, yoki 80–120 mg %), shuningdek, jigarda va mu-
shaklarda glikogen shaklida bo‘ladi. Qonda qandning miqdori
4,44 mmol/l dan kamayib ketishi gipoglikemiya, 6,66 mmol/l dan
oshib ketishi – giperglikemiya deyiladi.
Dostları ilə paylaş: