306
nizm yo‘qotilgan azotning o‘rnini to‘ldirishga intiladi va uning
ajralishi vaqtincha kamayadi. Qisqa muddat da musbat azot ba-
lansi ko‘payadi. Manfiy azot balansi doimo qon yo‘qotishlar-
dan so‘ng, kuyish lardan, xavfli o‘smalar va zaharlanishlarda
kuzatiladi.
Oqsillar almashinuvi buzilishining xarakteri haqida qondagi
azotli moddalarning tarkibiga qarab ham xulosa chiqaradilar. Bu-
ning uchun qonning oqsillarga taalluqli bo‘lmagan moddalarida
azot miq dorini – qonning qoldiq azotini aniqlaydilar. Oqsillarni
cho‘ktiruvchilar bilan cho‘ktiradilar. Qoldiq azotni asosiy miqdo-
rini siydikchil tashkil qiladi.
Qoldiq azot beruvchi moddalar qatoriga siydikchildan tash-
qari siydik kislotasi, kreatinin va boshqa oqsil parchalanishining
mah sulotlari kira di. Oqsillar almashinuvi buzilishining xarakte-
rini o‘rganish ga qondagi oqsillarning har xil turlarini aniqlash
ham yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: