MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVI Modda almashinuvi tirik organizmning asosiy xususiyatidir.
Orga nizmning sarfini to‘ldirish, tana massasini saqlash va o‘sish
ehtiyojla rini qondirish uchun unga tashqi muhitdan doimo oqsil,
yog‘, ug levod lar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv tushib turishi
kerak. Organizmda bu moddalar kimyoviy parchalanadi va hujay-
ralarning tarkibiy qismiga kiradi. Moddalarning hujayralar tomo-
nidan o‘zlashtirilishi, oddiyroq kimyoviy moddalardan murakkab
kimyoviy birikmalar hosil bo‘lishi, organizmda tirik protoplazma
sintezining maj muasi assimilyatsiya deyiladi. Bu bilan bir qatorda
hujayralar tarkibiga ki radigan moddalarning parchalani shi – dis-
similyatsiya jarayoni ro‘y be radi. Bunda parchalanishining oxirgi
moddalari – CO
2
, H
2
O va NH
2
hosil bo‘lib, organizmdan chiqa-
rib yuboriladi. Assimilyatsiya va dis similyatsiya jarayonlari birga-
likda moddalar almashinuvi deyiladi.
Energiya almashinuvi Oqsil, yog‘ va uglevodlarning dissimilyatsiya jarayonida orga-
nizm ning yashashi uchun kerak bo‘lgan energiya ajraladi. Bun-
da murakkab organik birikmalarning potensial energiyasi kinetik
energiyaning issiq lik va mexanik turlariga aylanadi. Moddalarning
parchalanishi kislorod vositasida oksidlanish yo‘li bilan ketadi.
Oksidlangan vaqt da organizm da 1 g yog‘dan 9,3 kkal issiqlik; 1 g
uglevoddan 4,1 kkal; 1 g oqsildan 4,1 kkal ener giya ajraladi. Orga-
nizmda 1 g moddani oksidlanganda hosil bo‘lgan issiq lik, yonish
issiqligi deyiladi. Ajralgan energiyaning bir qismi charchagan hu-
jayra va to‘qimalarni tiklanishiga va yangi hujayra va to‘qimalarni
qurilishiga ishlatil sa; boshqa qismi a’zolar va to‘qimalarni faoliyat
jarayonida (mushak larning qisqarishi, nerv impulslarini o‘tkazish
va bosh qalar) ishlatiladi. Kumyoviy energiyani katta qismi issiqlik-
ka aylanib, tananing doimiy haroratini saqlab turadi.