308
dan o‘z kimyoviy tarkibi bilan farqlanuvchi qattiq oqsil massalari-
ning progressiv ravishda to‘planishi kuzatiladi. Bundan yuz yil ol-
din Birxov distrofiyaning bu turini kuzata turib unda amiloidning
kraxmal kabi yog‘ va sulfat kislota ta’sirida ko‘k rangga bo‘yalishi
asosida amiloidoz deb nom bergan.
Bu reaksiyadan patologoanatomlar amilidozni aniqlash uchun
mur dani yorish paytida foydalanadilar. Amiloidning to‘planishi,
odat da, mayda qon tomirlar va kapillyarlarning devorida, re-
tikulyar tolalarning yo‘nalishi bo‘ylab, retikulyar to‘qimada, bez-
li a’zolarda epitelial hujayralarning ostida kuzatiladi. Amiloid-
ning to‘planishi natijasida a’zoning parenximasi asta-sekin ezi-
ladi va yo‘qoladi. Ayniqsa, buyrak va jigar amiloidozi xavflidir,
chunki u, ko‘pincha maz kur a’zo faoliyatining buzilishiga va be-
morni o‘limiga olib keladi. Amilo id ko‘p to‘planganda, a’zo qat-
tiq va sinuvchan, uning to‘qimasi esa qonsizlangan bo‘ladi. Kes-
mada bunday a’zolar o‘ziga xos mumsimon yoki yog‘ ko‘rinishi-
ga ega bo‘ladi. Umumiy amiloidozning oqibati yomon hisobla-
nadi. Ammo eksperimental ma’lumotlar, shuningdek, klinik va
patologoanatomik kuzatishlar amiloidozni keltirib chiqargan sa-
bablar batamom bartaraf qilinganida va amiloidoz yuqori dara-
jaga yetmaganida amiloid massalarining erib ketishi mumkinligi-
ni ko‘rsatadi. Shuning uchun ham amiloidozni keltirib chiqargan
sabab ni aniqlash uni bartaraf qilish zarur.
Dostları ilə paylaş: