140-rasm. Erkaklarning siydik chiqarish nayi: 1–siydik qopi; 2–siydik chiqarish nayining ichki teshigi;
3–prostatagacha bo‘lgan qismi; 4–bulbouretral bez;
5–to‘rlangan qismi; 6–siydik chiqarish nayining qayiqsimon
chuqurchasi; 7–siydik chiqarish nayining tashqi
teshigi; 8–oraliq qismi; 9–prostata bezi sohasidagi qismi.
yupqa va rangi to‘qroq bo‘lib, burmalar hosil qiladi, tuklar bi-
lan qop langan.
2. Go‘shtdor parda
teri osti yog‘ qatlami o‘rnida, chov sohasi
va oraliqni biriktiruvchi to‘qimasidan hosil bo‘ladi. Tarkibida sil-
liq mushak va elastik tolalari ko‘p. Go‘shtdor parda ikkala moyak
o‘rtasida yorg‘oq to‘sig‘ini
hosil qilib, o‘ng moyakni chapidan
ajratib turadi. Yorg‘oq yuzasida to‘siqlarning birikish chizig‘i sa-
gittal yo‘nalgan yorg‘oqning chokiga
to‘g‘ri keladi.
3. Tashqi urug‘ fassiyasi
qorin yuza fassiyasining davomi hisob-
lanadi.
4. Moyakni ko‘taruvchi mushak fassiyasi
shu nomli mushakni
qop lab turadi.
5. Moyakni ko‘taruvchi mushak
qorinning ko‘ndalang va ich-
ki qiy shiq mushaklaridan boshlangan mushak tolalaridan iborat.
6. Ichki urug‘ fassiyasi
qorin ko‘ndalang fassiyasining hosila-
si hi sob lanadi.
7. Moyakning qinli pardasi
qorin pardaning qismi bo‘lib, pa-
rietal va visseral varaqlardan iborat. Ular o‘rtasida yopiq seroz
bo‘shliq bo‘ladi.
Erkaklarning siydik chiqarish nayi (uretra masculina)
uzunli-
gi 16–18 sm, kengligi 0,5–0,7 sm bo‘lgan S simon bukilgan nay
shaklida bo‘ladi (140-rasm). U qovuq devoridagi siydik chiqarish
nayining ichki teshigidan boshlanib, erlik olati boshchasida joy-
lashgan siydik chiqarish nayining tashqi teshigi bilan tugaydi. Er-
kaklarning siydik chiqarish nayi quyidagi qismlardan iborat:
1. Devor ichidagi qismi prostata bezigacha davom etadi.
2. Prostata bezi sohsidagi qismi