Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə367/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
O‘rta miya
O‘rta miya
(mesencephalon) bosh miyaning nisbatan sod-
da tu zilish ga ega qismi. O‘rta miyaning ventral yuzasi yuqoridan 
(oldindan) ko‘ruv yo‘llari va so‘rg‘ichsimon tana, orqadan esa 
ko‘prikning oldingi chekkasi bilan chegaralanadi. O‘rta miya ikki 
asosiy qismdan: o‘rta miyaning tomi yoki to‘rt tepalik plastinkasi 
va bosh miyaning oyoqchasidan iborat.
O‘rta miyaning tomi o‘zaro to‘g‘ri burchak hosil qilib kesish-
gan bo‘ylama va ko‘ndalang egatlar bilan ajragan to‘rtta tepa-
likdan iborat. Ikkita ustki tepalikda po‘stloq osti ko‘ruv marka-
zi, ikkita pastki tepalikda esa po‘stloq osti eshituv markazi joy-
lashgan. Ustki tepaliklar o‘rtasidagi egatda g‘urrasimon bez en-
gashib turadi. Har bir tepalikdan lateral tomonga qarab tepacha 
qo‘lchalari yo‘naladi. Ustki tepalik qo‘lchasi lateral tizzasimon 
tanaga qarab yo‘nalib, qisman ko‘ruv yo‘liga o‘tib ketadi. Pastki 
tepalik qo‘lchasi esa medial tizzasimon tanaga yo‘naladi.
Miya oyoqchalari ko‘prikning yuqori chekkasidan boshlanib, 
oldinga va tashqariga qarab yo‘nalgan juft oq ustunchalar shaklida 
bo‘lib, oxirgi miya yarimsharlari ichiga kirib ketadi. Ular o‘rta-
sidagi chuqurlik oyoq chalararo chuqurlik deb ataladi. Bu soha-


435
da orqa ilma-teshik modda va III juft bosh miya nervi chiqadi-
gan egat joyla shadi. O‘rta miyaning kesmasida (191-rasm) miya 
oyoq chasini qora modda ikki qismga: orqa o‘rta miya qoplamasi 
va oldingi miya oyoq chasining asosiga ajratadi.
Qora modda miya oyoqchasining bor bo‘yiga ko‘prikdan to 
oraliq miyagacha cho‘zilgan bo‘lib, faoliyat jihatidan ekstrapira-
mida tizimiga kiradi. Uning hujayralari tarkibidagi melanin pig-
menti qoramtir rang beradi.
Miya oyoqchasining qopqoq qismida pastki tepachalar soha-
si dan talamusgacha cho‘zilgan cho‘zinchoq shakldagi qizil o‘zak 
joy lashgan. O‘rta miya suv yo‘li uzunligi 1,5 sm keladigan tor 
kanal. Uning atrofida markaziy kulrang modda ichida, suv yo‘li 
tubida III va IV juft bosh miya nervi o‘zaklari joylashgan. Mar-
kaziy kulrang moddaning tashqi qismlarida V juft bosh miya 
nervining o‘rta miya o‘zagi yotadi. O‘rta miyaning qopqoq qis-
midan afferent (sezuvchi) o‘tkazuv yo‘llari o‘tadi.
Miya oyoqchasining asosi oq moddadan iborat bo‘lib, harakat-
lan ti ruvchi o‘tkazuv yo‘llaridan iborat. 
Fiziologiyasi. 
O‘rta miya mushak tonusini boshqarishda, tik 
turish va yurishni ta’minlovchi, o‘rnatuvchi va to‘g‘rilovchi ref-
lekslarni paydo bo‘lisida muhim rol o‘ynaydi. O‘rta miya shikast-
langanda mu shak tonusi, ayniqsa, yozuvchi mushaklar tonusi tez 
oshib ketadi.
O‘rta miyaning sezuvchi o‘zaklari bir qator ahamiyatga ega 
ref lektor faoliyatlarni bajaradi. Ustki tepalikda joylashgan o‘zak-
lar po‘st loq osti ko‘ruv markazlaridir. Ular ko‘zning to‘r parda-
sidan impulslar ni qabul qilib, moslashuv refleksida, ya’ni bosh-
ni yorug‘likka burish da ishtirok etadi. Bunda ko‘z qoraqchig‘ini 
o‘lchami va akkomoda tsiya o‘zgarib, buyum aniq ko‘rinadi.
Pastki tepalikda joylashgan o‘zak eshituv po‘stloq osti mar-
kazidir. Ular tovushga moslashish refleksida, ya’ni boshni tovush 
kelgan tomonga burishda ishtirok etadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin