438
Uchinchi qorincha
oraliq miyaning o‘rtasida
ingichka sagit-
tal yorig‘ shaklida joylashgan bo‘lib, oltita devori tafovut qilina-
di. Uning tashqi devorini ko‘ruv bo‘rtig‘ining ichki yuzasi, oldin-
gi devorini tiniq to‘siq
,
gumbaz ustuni va oldingi bitishma ho-
sil qiladi. Gumbaz ustuni bilan ko‘ruv bo‘rtig‘ining oldingi qismi
o‘rtasida qorinchalar orasidagi teshik
joylashgan.
Uchinchi qo-
rinchaning orqa devorini orqa bitishma va yuganchalar bitishma-
si
chegaralaydi. Uning ostida miya suv yo‘li teshigi yotadi. Or-
qa devorda ikkita chuqurcha: g‘urrasimon bez ustidagi chuqur-
lik
hamda
g‘urrasimon bez chuqurligi
bor. Uchinchi qorincha-
ning yuqori devorini qadoq tana va miya gumbazi ostida joylash-
gan uchinchi qorinchaning tomirli asosi va uni qop lagan epite-
lial
qatlam
hosil qiladi. Uchinchi qorinchaning pastki devorini
esa bo‘rtiq osti sohasi hosil qiladi. Bu yerda uchinchi qorincha:
quyg‘ich botig‘i va suprooptik botiqlik hosil qiladi.
Oraliq miyaning fiziologiyasi.
Talamus «sezgi kollektori» deb
ata ladi, chunki undan hidlov yo‘lidan tashqari, bosh miya yarim-
sharlariga boruvchi barcha afferent yo‘llar o‘tadi. Talamusning
asosiy vazifasi barcha sezgilarni o‘zaro bog‘lash, turli yo‘nalish-
lardan kelayot gan ma’lumotlarni solishtirish va ularni biologik
ahamiyatini baholash. Talamus o‘zaklari faoliyat jihatidan ko‘ta-
riluvchi afferent yo‘llar tugaydigan – spetsifik, nospetsifik (to‘r
formatsiya o‘zaklari) va talamus barcha harakatlantiruvchi po‘st-
loq osti o‘zaklari: targ‘il tana,
rangpar shar, gipotalamus, o‘rta va
uzunchoq miya o‘zaklari bilan bog‘langan assotsiativ o‘zaklarga
bo‘linadi. Odamda o‘ziga xos mimika, harakatlar va ichki a’zo-
lar faoliyatini o‘zgarishi bilan kechadigan hissiyot o‘zgarishlarida
talamus ma’lum rol o‘ynaydi. Hissiyot reaksiyalarida arterial bo-
sim ko‘tariladi, puls, nafas olish tezla shadi, qorachiq kengayadi.
Klinikada talamusni buzilishi qattiq bosh og‘rishi, uyquning buzi-
lishi, sezuvchanlikni buzilishi, harakat aniqligini yo‘qolishi,
turli
xil ixtiyordan tashqari harakatlar paydo bo‘lishi belgilari bilan na-
moyon bo‘ladi.
Gipotalamus nerv tizimining oliy avtonom markazi hisobla-
nadi. Unda avtonom faoliyatlarni boshqaruvchi, organizmning
ichki muhitini doimiyligini ta’minlovchi, shuningdek, yog‘, oq-
sil, uglevod, suv va mineral moddalar almashinuvini markazla-
ri joylashadi. Gipotalamusni oldingi qismini ta’sirlaganda para-
simpatik effektlar:
ichak harakatini kuchayuvchi, hazm shirala-
439
rini ajralishi, yurak qisqarishi ni sekinlashuvi va boshqalar; or-
qa qismini ta’sirlaganda esa simpatik effektlar: yurak urishini
tezla shuvi, qon tomirlarni torayishi, tana haroratini oshishi va
bosh qalar kelib chiqadi. Bu gipotalamusni
olgingi qismlarida pa-
rasimpatik, orqa qismida esa simpatik markazlar joy lashganini
ko‘rsatadi.
Gipotalamusda qon haroratini (termopetseptorlar), osmatik
bo sim ni (os moretseptorlar) va qon tarkibini (glukoretseptorlar)
o‘zgarishini se zuvchi retseptorlar bor. Retseptorlardan organizm-
ning ichki muhiti ni doi miyligini – gomeostazni ta’minlab tu-
ruvchi reflekslar paydo bo‘ ladi. «Och» qon glukoretseptorlarni
ta’sirlab, ovqatlanish markazini qo‘zg‘atadi, natijada ovqatni qi-
dirishga va qabul qilishga yo‘nalgan ov qat lanish reaksiyalari pay-
do bo‘ladi.
Gipotalamus kasalliklarini tez-tez
uchraydigan belgilaridan
biri ko‘p miqdorda past zichlikdagi siydik ajralishi bilan namoyon
bo‘ladigan suv va mineral tuzlar almashinuvining buzilishidir. Bu
kasallik qandsiz diabet deb ataladi.
Bo‘rtiq osti sohasi gipofiz faoliyati bilan bog‘langan. Gipota-
lamusning ko‘ruv bo‘rtig‘i ustidagi va bo‘rtiq osti sohasining qo-
rincha atrofidagi o‘zaklarining yirik neyronlarida vasopressin va
oksototsin gormonlari hosil bo‘ladi. Bu gormonlar aksonlar or-
qali gipofizning orqa bo‘lagiga tushib, u yerda to‘planadi, keyin
qonga o‘tadi. Gipotalamus bilan gipofizni oldingi bo‘lagi o‘rta-
sidagi munosabat boshqacha. Gipotalamusni o‘zaklarini o‘ragan
qon tomirlar gipofizni oldingi bo‘lagiga
yetuvchi vena tizimiga
qo‘shiladi va bu yerda yana kapillyarlarga bo‘linadi. Qon bilan
gipofizga rilizing-omil o‘tib, gipofiz ni oldingi bo‘lagida gormon-
lar hosil bo‘lishini kuchaytiradi.
Dostları ilə paylaş: