Anatomiya 2014. indd


-rasm. Bosh miya yarim shar larining



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə372/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

194-rasm. Bosh miya yarim shar larining 
ustki lateral yuzasi egat va pushtalari:
1–markaz oldi egati; 2–markaz oldi 
push tasi; 3– markaziy egat; 4–markaz 
orqasidagi pushta; 5–markaz orqasida-
gi egat; 6–ustki tepa bo‘lakchasi; 7– tepa 
bo‘lagining ichidagi egat; 8–qirg‘oq
usti pushtasi; 9–burchakli pushta;
10–tepa va ensa bo‘laklari orasidagi egat; 
11–pix egati; 12–yarim oysimon egat; 
13–ko‘ndalang ensa egati; 14–pastki chakka pushtasi; 15–pastki chak-
ka egati; 16–o‘rta chakka pushtasi; 17–ustki chakka egati; 18–ustki chakka 
pushtasi; 19–lateral egat; 20–ko‘tariluvchi shox; 21–oldingi shox;
22–ko‘z kosasi usti qismi; 23–uchburchakli qismi; 24–qopqoq qismi;
25–pastki peshona egati; 26–o‘rta peshona pushtasi; 27–ustki peshona 
egati; 28–ustki peshona pushtasi.


442
chaning markaziy egati uni ikki bo‘lakka ajratadi. Orqa bo‘lakda 
orolchaning uzun pushtasi, oldingi bo‘lakda esa orolchaning kal-
ta pushtalari joylashgan.
Bosh miya yarimsharlarining medial yuzasini hosil qilishda 
orolchadan tashqari barcha bo‘laklar ishtirok etadi. Bu yuzada 
joylash gan qadoq tana egati qadoq tanani yarimsharning boshqa 
qismlaridan ajratib turadi. Qadoq tana egatiga parallel yo‘nalgan 
belbog‘ egati belbog‘ pushtasini chegaralab turadi. Uning ustida 
markaziy egatni o‘rab markaz atrofidagi bo‘lakcha yotadi.
Ensa bo‘lagining medial yuzasida tepa-ensa egati bilan o‘tkir 
burchak hosil qilib qo‘shilgan pix egati bo‘lib, ular o‘rtasida uch-
burchak shakl da pona, uning oldida joylashgan qism esa pona oldi 
sohasi deyiladi. Pix egati ostida tilsimon pushta joylashgan bo‘lib, 
uni past tomondan yonlama egat chegaralaydi.
Yarimsharning ostki yuzasining oldingi qismlarini peshona 
bo‘ lagi hosil qiladi. Bu yerda bo‘ylama yoriqqa parallel joylash-
gan hid lov egati bo‘lib, unda hidlov piyozchasi va hidlov yo‘li 
yota di. Bo‘ylama yoriq va hidlov egati o‘rtasida to‘g‘ri pushta 
joylashgan. Peshona bo‘lagining hid lov egatidan lateral joylash-
gan sohasi uncha chuqur bo‘lmagan ko‘z kosasi sohasidagi egat-
lar bilan bir nechta shakli va o‘lchamlari o‘zgaruvchan ko‘z ko-
sasi sohasidagi pushtalarga bo‘linadi.
Yarimsharning ostki yuzasini orqa qismida yonlama egat joy-
lash gan. Yonlama egatdan lateral medial ensa-chakka pushtasi 
yotadi. 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin