Yon qorincha juft bo‘lib, har bir yarimsharning ichida joy-
lashgan. Yon qorincha bo‘shlig‘i murakkab tuzilishga ega bo‘lib,
uning qism lari yarimsharning barcha bo‘laklari (orolchadan tash-
qari) ichida joylashgan. Yon qorincha to‘rt qismdan iborat. Uning
markaziy qismi tepa bo‘lagida, peshona shoxi peshona bo‘lagida,
ensa shoxi ensa bo‘lagida, chakka shoxi esa chakka bo‘lagida joy-
lashgan.
Yon qorinchaning markaziy qismi gorizontal joylashib, ust to-
mondan qadoq tana tolalari qoplab turadi. Uning tubini dumsi-
mon o‘zakning tanasi va ko‘ruv bo‘rtig‘ining dorsal yuzasi, medial
devorini esa gumbaz tanasi hosil qiladi.
Yon qorinchaning peshona shoxi pastga va tashqariga qarab
bukilgan bo‘lib, peshona bo‘lagida joylashgan. Uning medial de-
vorini tiniq to‘siq hosil qiladi. Peshona shoxini lateral va qis-
man pastki devorini dumsimon o‘zakning boshchasi bilan, qolgan
qism lari esa qadoq tana tolalari bilan chegaralangan.
Yon qorinchaning chakka shoxi chakka bo‘lagi ichida joylash-
gan. Uning lateral, qisman ustki devorini yarimsharning oq mod-
dasi hosil qiladi. Ustki devorini hosil qilishda dumsimon o‘zak-
ning dumi ham ishtirok etadi. Uning medial devorida dengiz oti
egati botib kirishidan hosil bo‘lgan qavariq – dengiz oti yotadi.
Uning uchi qalinlashib mayda egatlar bilan bo‘laklarga, dengiz oti
barmoqlariga bo‘lingan. Pastki shoxning tubida yonlama egatning
botib kirishidan hosil bo‘lgan yon tomondagi tepacha yotadi.
Yon qorinchaning ensa shoxi ensa bo‘lagiga botib kirib, ham-
ma tomondan oq modda gilam bilan o‘ralgan. Uning ichki de-
vorida, pix egatining botib kirishidan hosil bo‘lgan qush pixi
446
joylash gan. Yon qorinchalar oldingi shoxi sohasida joylashgan
qorinchalararo teshik orqali uchinchi qorinchaga qo‘shiladi.