448
buyum larni yopiq ko‘z bilan paypaslab bilish (stereognoziya)
mar-
kazi joylashgan.
3. Eshituv analizatorining o‘zagi ustki chakka pushtasini o‘rta-
sida joy lashgan. Bu sohaning ikkala yarimsharda buzilishi butun-
lay karlikka olib keladi.
4. Ko‘ruv analizatorining o‘zagi ensa bo‘lagining medial
yuzasi dagi pix egatini ikki tomonida joylashgan. Bitta markazda
bir ko‘z ning lateral yarmi va ikkinchi ko‘zning
medial yarmini
to‘r pardasi proyeksiyasi bo‘ladi.
5. Hidlov analizatorining o‘zagi chakka bo‘lagining pastki yuza-
sidagi ilmoq, qisman gippokamp sohasida joylashgan.
6. Ta’m bilish analizatorining o‘zagi hidlov va ta’m bilish sez-
gilari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgani uchun hidlov markaziga
y aqin joylashgan.
Yuqorida aytib o‘tilgan po‘stloq markazlari miya po‘stlog‘ining
ma’lum bir sohalarida joylashgan bo‘lib, ularga ta’sirotlar tashqi
va ichki muhitdan keladi. Bu ta’sirotlar turli xil sezgi va sezgilar
to‘plami sifatida qabul qilinadi va ularni I.P. Pavlov
birinchi sig-
nal tizimi deb ataydi. Bu tizim hayvonlarda ham bo‘ladi. Bun-
dan tashqari odam so‘zlash, fikrlash xususiyatiga ega bo‘lgani-
dan keyin, unda ikkinchi signal tizimi paydo bo‘ladi. Ontoge-
nezda odamda avval birinchi signal tizimi markazlari, so‘ngra ik-
kinchi signal tizimi markaz lari paydo bo‘ladi. Ikkinchi signal ti-
zimi markazlarining taroqqiyo ti va takomillashuvi atrof-muhit ga,
turmush sharoitiga bog‘liq. Ikkin chi signal tizimi paydo bo‘li shi
uchun bola boshqa odamlar bilan aloqada bo‘lishi, so‘zlashni va
yozishni o‘rganishi kerak. So‘zlash jarayoni murakkab bo‘lib, uni
bajarishda butun po‘stloq qatnashadi, ammo ma’lum
bir sohalar
asosiy bo‘ladi. Bu sohalar so‘z analizatorlarining o‘zaklari hisob-
lanadi.
Ikkinchi signal tizimi markazlari.
1. So‘z bo‘g‘inlarining harakat analizatori o‘zagi pastki pesho-
na push tasining orqa qismida joylashgan bo‘lib, harakat markazi-
ning pastki qismiga yaqin turadi. Bu yerda so‘z bo‘g‘ini, so‘zlar-
ni hosil qilishda ish tirok etadigan lab, til, hiqildoq mushaklaridan
keladigan qo‘zg‘alish lar tah lil qilinadi.
2. Og‘zaki so‘zlashning eshituv analizatori o‘zagi eshituv a’zosi
bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, eshituv
analizatoriga yaqin joyda, ust-
ki chakka pushtasining orqa qismida joylashgan. Bu markaz yorda-
449
mida odam so‘zlash vaqtida tovush past balandligini tartibga solib
turadi va boshqa odamni tushunadi.
3. Odam o‘z taroqqiyotida faqat so‘zlashni emas, balki yozish-
ni ham o‘rgangan. Harflarni yozish qo‘lning ma’lum bir haraka-
tini ta lab qiladi, bu esa umumiy harakat analizatori bilan bog‘liq.
Shuning uchun yozma so‘zning harakat analizatori o‘zagi o‘rta
peshona push tasining orqa qismida
markaz oldi pushtaga yaqin
joylashgan. Bu analizatorning faoliyati qo‘lning ma’lum bir maq-
sad bilan qilinadigan murakkab hamkor harakati markazi bilan
bog‘langan.
4. Yozma so‘zning ko‘ruv analizatori o‘zagi pastki tepa bo‘lak-
chasining burchakli pushtasida joylashgan bo‘lib, ko‘ruv analiza-
tori bilan bevosita bog‘liq. Odamning ikkinchi signal tizimi mar-
kazlari ikkala yarimsharda bo‘ladi, lekin bir tomonda ko‘proq ta-
roqqiy etgan (o‘naqaylarda chap tomonda, chapaqaylarda o‘ng
tomonda) bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: