Anatomiya 2014. indd


Bosh miya yarimsharlarning oq moddasi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə373/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Bosh miya yarimsharlarning oq moddasi
. Bosh miya yarim-
sharining ust tomondan qoplagan po‘stloq ostida oq modda qat-
lami yotadi. Yarimsharning oq moddasi bir-biri bilan kesishib 
joylashgan, vazifasi, yo‘nalishi va kelib chiqishi jihatidan bir-bi-
riga o‘xshamagan nerv tolalardan iborat. Bu nerv tolalarini uch 
asosiy tizimga ajratish mumkin.
Assotsiativ tolalar bitta yarimsharning turli qismlarini bir-biri 
bilan bog‘laydi. Agar assotsiativ tolalar miya po‘stlog‘ida bir nerv 
hujayrasini boshqa bir hujayra bilan bog‘laganda po‘stloqdan 
tashqari ga chiqmasa, uni intrakortikal assotsiativ tolalar deyiladi. 
Agar tola lar po‘stloqdan tashqariga oq moddaga chiqib, boshqa 
sohadagi po‘st loq hujayralari bilan bog‘lansa, ekstrakortikal tola-
lar deyiladi. Ekstra kortikal tolalar ikki guruhga: qisqa va uzun to-
lalarga bo‘linadi. Qisqa tolalar yonma-yon turgan ikkita pushtani 


443
bir-biri bilan bog‘laydi va ravoq shaklida bo‘lgani uchun ravoqsi-
mon tolalar deyiladi. Uzun tolalar yarimsharlarning bo‘laklarini 
bir-biri bilan bog‘lab bir nechta tutamni: ustki bo‘ylama, ilgaksi-
mon, belbog‘ va pastki bo‘ylama tutamlarni hosil qiladi.
Komissural tolalar bir yarimshardan ikkinchisiga o‘tadi. Ular 
o‘ng va chap yarimshardagi bir xil markazlarni bir-biri bilan bog‘-
laydi. Komissural tolalar uch sohada to‘planib, oldingi bi tishma, 
gumbaz va qadoq tanani hosil qiladi.
Oldingi bitishma
tarkibida 2,4–4,16 mln, nerv tolalari bo‘lib, 
yarim sharlarning hidlov sohalarini o‘zaro bog‘lab turadi. U ik-
ki qism dan iborat. Oldingi qismi yupqa bo‘lib, hidlov uchburcha-
gi kulrang mod dasini o‘zaro bog‘laydi. Orqa qismi katta bo‘lib, 
chakka bo‘lagining oldingi medial qismi po‘stlog‘ini birlashtirib 
turadi.
Qadoq tana
bir yarimshardan ikkinchi yarimsharga o‘tuvchi 
ko‘n dalang tolalardan iborat. U qalin bukilgan plastinka shakli-
da bo‘lib, quyidagi qismlari tafovut qilinadi. Uning oldingi qismi 
(tizzasi) yarim sharlarning peshona bo‘laklarini o‘zaro bog‘lab tu-
radi. Tizza pastga yo‘nalib, tumshuq hosil qiladi. Qadoq tananing 
o‘rta qismi poyasi ikkala yarim sharning tepa va chakka bo‘laklari 
po‘stlog‘ini o‘zaro bog‘laydi. Qadoq tananing poyasi orqa tomon-
da kengayib, qadoq tana kengaymasini hosil qiladi. U yarimshar-
larning ensa bo‘laklari po‘stlog‘ini o‘zaro bog‘laydi. Qadoq tana-
ning tarkibida 200–250 mln nerv tolalari joylashgan.
Gumbaz
qadoq tana ostida yotadi va ikkita ravoqsimon bu-
kilgan tizimchadan iborat. Uning oldingi qismi gumbaz ustunlari 
pastga va tashqi tomonga yo‘nalib so‘rg‘ichsimon tanada tugay-
di. Ular o‘zaro ko‘n dalang gumbaz bitishmasi vositasida birikkan. 
Gumbazning o‘rta qismi tanasi orqa tomonga yassi gumbaz oyoq-
chasini hosil qilib gippokampga birikadi. Gumbaz tolalari yarim-
sharning chakka bo‘lagi ni oraliq miya bilan qo‘shadi. Gumbaz us-
tunlari bilan qadoq tana tizzasi va tumshug‘i o‘rtasida yupqa par-
da – tiniq to‘siq tortilgan. U parallel joylashgan ikki varaq dan 
iborat bo‘lib, ichida tiniq suyuqlik bilan to‘lgan bo‘shlig‘i bor.
Proyeksion tolalar miya po‘stlog‘ini, shu po‘stloqdan pastda 
turuv chi qismlar va orqa miya bilan bog‘laydi. Bu tolalar faoliya-
tiga ko‘ra ikki guruhga:
1) afferent (sezuvchi) impulslarni tashqi va ichki muhitdan 
miya po‘stlog‘iga olib keluvchi. 


444
2) efferent (harakatlantiruvchi) impulslarni miya po‘stlog‘idan 
ish chi a’zolarga olib boruvchi tolalarga bo‘linadi. Proyeksion tolalar 
assotsiativ va komissural tolalar bilan birikib ketgan bo‘lib, faqat ich-
ki g‘ilof sohasida ulardan ajraladi.
Ichki g‘ilof burchak hosil qilib bukilgan oq moddadan iborat 
keng qatlam. Uni lateral tomondan yasmiqsimon o‘zak chegarala-
sa, medial tomondan dumsimon o‘zakning boshchasi (oldinda) va 
ko‘ruv bo‘rtig‘i (orqada) chegaralaydi. U uch qismdan: ichki g‘ilo-
fining oldingi oyoqchasi dumli o‘zak boshchasi bilan yasmiqsimon 
o‘zak o‘rtasida, orqa oyoqchasi yasmiqsimon o‘zak bilan ko‘ruv 
bo‘rtig‘i o‘rtasida joylashgan. Bu ikki qismning o‘zaro qo‘shilgan joyi 
ichki g‘ilofning tizzasi deyiladi. Ichki g‘ilof barcha proyeksion tola-
lar uchun darvoza vazifasini bajaradi. 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin