440
lanadi. Ular yuqoriga po‘stloq osti o‘zaklari va bosh miya po‘st-
log‘iga, pastga esa orqa miya neyronlariga yo‘naladi. To‘rsimon
formatsiya ni ta’sirlash hara katlantiruvchi effekt chaqirmaydi,
ammo bor fao liyat ga kuchaytiruv chi yoki tormozlovchi ta’sir
ko‘rsatadi. Miya so‘g‘onini orqa qismlarini ta’sirlaganda tor-
mozlanish paydo bo‘lsa, oldingi qismlarini ta’sirlaganda refleks-
lar kuchayadi.
To‘rsimon formatsiya bosh miya po‘stlog‘iga kuchli ta’sir kor‘sa-
tib, uning faolligini tutib turadi. O‘z navbatida, bosh miya po‘stlog‘i
to‘r formatsiya faolligini boshqaradi.
Oxirgi miya
Oxirgi miya
(telencephalon), yoki katta miya (cerebrum) oxir-
gi miya pufagining takomillashuvidan hosil bo‘lib, bosh miya-
ning bo‘ylama tirqishi uni ikki yarimsharga ajratadi.
Bosh miya
yarim sharlari o‘zaro qadoq tana tolalari bilan birlashgan. Bosh
miya yarim sharlari oq va kulrang moddadan tashkil topgan. Har
bir yarim shar quyidagi qismlardan iborat: 1) po‘stloq (plashch);
2) hidlov miyasi; 3) yon qorinchalar; 4) bazal o‘zaklar.
Bosh miya yarimsharlari tashqi tomondan 2–4 mm qalin-
likdagi kul rang qatlam, miya po‘stlog‘i bilan qoplangan. Har
bir yarimsharda uchta:
qavariq ustki lateral yuza, yassi qo‘sh-
ni yarimsharga qaragan medial va ostki yuza tafovut qilina-
di. Miya yarimsharlarining yuzasi turli yo‘nalish dagi egatlar va
ular o‘rtasida joylashgan pushtalar bo‘lgani uchun murakkab tu-
zilishga ega. Egatlar va pushtalarning kattaligi va shakli indi-
vidual bo‘ladi. Bosh miya yarimsharlarida
bir nechta chuqur
egatlar bo‘lib, ular homila taroqqiyoti jarayonida boshqalardan
erta paydo bo‘ladi. Har bir yarimshar shunday egatlar yorda-
mida beshta: peshona, tepa, ensa, chakka va orolcha bo‘lakla-
riga bo‘linadi. Bosh miya yarimsharlarining ustki lateral yuza-
sida (194-rasm) frontal sathda joylashgan markaziy (yoki Ro-
land) egati peshona bo‘lagini tepa bo‘lagidan ajratib turadi. Te-
pa bo‘lak ensa bo‘lakdan medial yuzada joylashgan tepa-ensa
egatidan
bosh lanib, pastga tomon yo‘nalgan shartli chiziq yor-
damida ajraladi. Chakka bo‘lakni boshqa bo‘laklardan yon egat
ajratib turadi.
441
Miya yarimsharlarining peshona bo‘lagining ustki lateral yuza-
si da markaziy egatga parallel holda markaz oldi pushtasini ajra-
tuvchi mar kaz oldi egati o‘tadi. Markaz
oldi egatidan oldinga qa-
rab, ustki va pastki peshona egatlari yo‘naladi. Bu egatlar pesho-
na bo‘lagining ustki lateral yuzasini qolgan qismini ustki, o‘rta va
pastki pe shona pushtalariga ajrata di.
Tepa bo‘lakda markaziy egatga parallel joylashgan markaz
orqasidagi egat bo‘lib, ular o‘rtasida markaz orqasidagi pushta
yota di. Bu pushta yarimsharlarning
medial yuzasiga davom eta-
di va peshona bo‘lagining markaz oldi pushtasiga qo‘shilib mar-
kaz yon bo‘lagini hosil qiladi. Markaz orqasidagi egatdan orqaga
yo‘naluv chi tepa ichidagi egat tepa bo‘lagini ustki va pastki tepa
bo‘lakchalariga bo‘ladi. Pastki tepa bo‘lakchasida yon egat ning
uchini o‘ragan qirg‘oq usti pushtasi va ustki chakka egatining
uchini o‘ragan burchakli pushta tafovut qilinadi.
Chakka bo‘lagining ustki lateral
yuzasida lateral egatga pa-
rallel joylashgan ustki va pastki chakka egatlari bor. Bu egatlar
chakka bo‘lagini ustki, o‘rta va pastki chakka pushtalariga ajra-
tadi. Ensa bo‘lagi nisbatan kichik bo‘lib, uning egat va pushtalari
juda o‘zga ruvchan bo‘ladi.
Orolcha yon egatning tubida joylashgan bo‘lib, uni ko‘rish
uchun peshona, tepa va chakka bo‘laklarining qopqoq qismini
olib tashlash kerak bo‘ladi. Orolcha boshqa bo‘laklardan chu-
qur orolchaning halqasimon egati vositasida ajralib turadi. Orol-
Dostları ilə paylaş: