Anatomiya 2014. indd


oldingi, kesishgan (Govers) va orqa,  kesishmagan (Fleksig) yo‘llariga bo‘linadilar. Orqa miya bilan miyacha orasidagi oldingi yo‘l



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə381/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
oldingi, kesishgan (Govers) va orqa, 
kesishmagan (Fleksig) yo‘llariga bo‘linadilar.
Orqa miya bilan miyacha orasidagi oldingi yo‘l.
Bu yo‘lning 
bi rinchi neyroni orqa miya tuguni soxta unipolyar hujayralari. 
Ularning periferik o‘siqlari orqa miya nervlari tarkibida propriot-
septorlardan ta’sirotni olib keladi. Uning markaziy o‘siqlari or-
qa ildiz tarkibida orqa miya orqa shoxining oraliq medial o‘zagi-
da tugaydi.
II neyron oraliq medial o‘zak hujayralari. Ularning aksonla-
ri orqa miya bilan miyacha orasidagi oldingi yo‘lni hosil qiladi. 
Bu yo‘l tolalarining bir qismi har bir segmentda kesishib, oq bi-
tishma orqali qarama-qarshi tomondagi yon tizimchaga o‘tadi. 
Kesishmagan tolalari esa orqa miyaning o‘z tomonidagi yon ti-
zimchasi orqali yo‘naladi. Kesishgan va kesishmagan tolalardan 
iborat bu yo‘l orqa miyaning yon tizimchasi bo‘ylab uzunchoq 
miyaga o‘tadi va oliva bilan miyachaning pastki oyoq chasi o‘rta-
sida yotadi. So‘ngra bu yo‘l ko‘prik orqali o‘tib, o‘rta miyaga 
boradi. O‘rta miyaning to‘rt tepaligi past ki tepachalari sohasida 
kesishmagan tolalar kesishadi. Shunday qilib, to‘liq kesishgan 
Govers yo‘li miyaning ustki yel kani sohasida ikkinchi marta ke-
sishib o‘z tomoniga o‘tadi va miyachaning ustki oyoqchalari or-
qali ustki chuvalchang po‘stlog‘ida tugaydi.
III neyron ustki chuvalchang po‘stlog‘i hujayralari. Ularning 
aksonlari miyachaning tishsimon o‘zagida tugaydi. Orqa miya bi-
lan miyacha orasidagi oldingi yo‘l ikki marta kesishgani uchun 
ixtiyordan tashqari propriotseptiv impulslar miyachaga tananing 
shu tomonidan o‘tkaziladi.
Orqa miya bilan miyacha orasidagi orqa yo‘lning
birinchi ney-
roni orqa miya tuguni soxta unipolyar hujayralari. Ularning pere-
ferik o‘siqlari orqa miya nervlari tarkibida propriotseptorlardan 
ta’sirotni olib keladi.
Ularning markaziy o‘siqlari orqa ildiz tarkibida orqa shoxning 
ko‘krak o‘zagi (Klark ustuni) hujayralarida tugaydi.
II neyron orqa shoxning ko‘krak o‘zagi hujayralari. Ularning 


453
aksonlari orqa miya bilan miyacha orasidagi orqa yo‘lni hosil qi-
lib lateral yo‘naladi va o‘z tomonidagi yon tizimchalar tarkibida 
uzunchoq miyaga, undan esa miyachaning pastki oyoqchalari tar-
kibida pastki chuvalchang po‘stlog‘ida tugaydi.
III neyron pastki chuvalchang po‘stlog‘i hujayralari. Ularning 
aksonlari miyachaning tishsimon o‘zagida tugaydi. Bu yo‘l orqa 
va uzunchoq miyada kesishmaydi, shuning uchun uni to‘g‘ri ke-
sishmagan yo‘l deb ataladi. Orqa miya bilan miyacha o‘rtasidagi 
o‘tkazuv yo‘llari tananing muvozanatini va harakatini muvofiq-
lashtirib turadi. Orqa miya bilan miyacha o‘rtasidagi yo‘llar jaro-
hatlanganda, miyacha buzilishi ro‘y beradi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin