Anatomiya 2014. indd


Efferent o‘tkazuv yo‘llari



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə382/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Efferent o‘tkazuv yo‘llari 
bosh miyaning turli markazlaridan 
harakat va sekretor a’zolarga impulslarni olib boradi. Barcha ef-
ferent yo‘llar bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ining pirami da 
hujayralaridan boshlanuvchi piramida yo‘llariga va bazal o‘zak-
lardan boshlanuvchi ekstrapiramida yo‘llariga bo‘linadi. Effe-
rent o‘tkazuv yo‘llari ikki neyrondan iborat. Ular qisqa va uzun 
yo‘llarga bo‘linadi. Qisqa efferent o‘tkazuv yo‘l lar yarimsharlar 
po‘stlog‘i bilan bosh miyaning bazal o‘zaklari va so‘g‘on qismla-
rini bog‘lab turadi.
Uzun efferent yo‘llarga bosh miya po‘stlog‘i hujayralari va 
ekstrapiramida tizimi o‘zaklaridan boshlanib, bosh miya pog‘ona-
si va orqa miyada tugaydigan piramida va ekstrapiramida yo‘lla-
ri kiradi.
1. Po‘stloq-orqa miya (piramida) yo‘li.
I neyron miya po‘stloqning harakat zonasi markaz oldi push-
tasi, markaz yon bo‘lagi va peshona pushtalarining orqa qismi 
po‘stlog‘ining beshinchi qavatida joylashgan yirik piramida hu-
jayralardan iborat. Ularning aksonlari ichki g‘ilofning orqa oyoq-
chasining oldingi 2/3 qismidan o‘tadi. So‘ngra po‘stloq-orqa miya 
yo‘li miya oyoqchasi asosining o‘rtasi, ko‘prikning ventral qis-
mi va uzunchoq miyaning piramidasidan o‘tadi. Uzunchoq miya-
ning pastki qismida orqa miyaga kirishdan oldin piramida yo‘li 
ikki dastaga bo‘linadi. Katta qismi tolalari kesishib piramida ke-
sishmasini hosil qiladi. Qolgan qismi kesishmasdan orqa miyaga 
o‘tib ketadi.
a) kesishgan tolalar orqa miyaning yon tizimchasiga o‘tib, 
po‘stloq-orqa miya lateral yo‘lini hosil qiladi va shu tomondagi 
oldingi shoxda tugaydi.


454
II neyron oldingi shoxning harakatlantiruvchi hujayralari. Ular-
ning aksonlari oldingi ildiz, so‘ng orqa miya nervlari tarkibi da 
skelet mu shaklariga boradi. Po‘stloq-orqa miya lateral yo‘li aso-
san qo‘l va oyoq, qisman tana mushaklarini innervatsiya qiladi.
b) kesishmagan tolalar orqa miyaning oldingi tizimchasiga 
o‘tib oldingi po‘stloq-orqa miya yo‘lini hosil qiladi. Bu yo‘l bo‘-
yin va ko‘k rak qismlarda har bir segmentda kesishib, qarama-
qarshi tomondagi oldingi shoxga o‘tib, harakatlantiruvchi hujay-
ralarda tugaydi.
II neyron oldingi shoxning harakatlantiruvchi hujayralari ak-
sonlari orqa miya nervlari tarkibida mushaklarga boradi. Pirami-
da yo‘li po‘stloqdan mushaklarga boruvchi ixtiyoriy harakat im-
pulslarini o‘tkazadi. Piramida yo‘li targ‘il tana, ko‘prik va to‘r 
formatsiya hujayralari bilan bog‘langan. To‘r formatsiya ixtiyoriy 
harakatlardagi shartsiz reflekslarga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Barcha po‘stloq orqa miya yo‘li kesishgan bo‘lib, har bir 
yarim sharning po‘stlog‘i qarama-qarshi tomon mushaklari fao-
liyatini boshqaradi.
II. Po‘stloq bosh miya nerv o‘zaklari o‘rtasidagi yo‘l.
I neyron markaz oldi pushtaning pastki qismi po‘stlog‘ini V 
qavati piramida hujayralari, ularning aksonlari ichki g‘ilofning 
tizzasi, miya oyoq chalarining asosidan o‘tadi. Yo‘lning bir qismi 
kesishib, Silviy suv yo‘li atrofidagi ko‘zni harakatlantiruvchi va 
g‘altak nervi o‘zaklarida tugaydi. Shu nervlar o‘zaklari hujayralari 
ikkinchi neyronni hosil qilib, ko‘zni harakatlantiruvchi nerv tar-
kibida ko‘zning ustki, pastki, ichki to‘g‘ri, pastki qiyshiq va yu-
qori qovoqni ko‘taruvchi mushaklarga, g‘altak nervi tarkibida esa 
ko‘zning yuqorigi qiyshiq mushagiga boradi.
Po‘stloq bosh miya nerv o‘zaklari o‘rtasidagi yo‘lning ikkinchi 
qismi ko‘prik sohasida kesishib, V, VI, VII juft bosh miya nervlar-
ning harakatlantiruvchi o‘zaklarida tugaydi. Bu o‘zaklar hujayra-
laridan boshlangan ikkinchi neyron uch shoxli nerv tarkibida me-
dial va lateral qanotsimon, chakka, chaynov, jag‘-til osti, tanglay 
chodirini hamda nog‘ora pardani taranglovchi mushaklarga va ik-
ki qorinchali mushakning oldingi qorinchasiga boradi.
Uzoqlashtiruvchi nerv tarkibida ko‘zning lateral to‘g‘ri musha-
giga. Yuz nervi tarkibida ikki qorinchali mushakning orqa qorin-
chasini, bigiz-til, uzangi mushagi va mimika mushaklari, shuning-
dek, bo‘yinning teri osti mushagini innervatsiya qiladi.


455
Po‘stloq bosh miya nerv o‘zaklari o‘rtasidagi yo‘lning uchin-
chi qismi uzunchoq miyaga borib kesishadi va IX, X, XI, XII juft 
bosh miya nervlarining harakatlantiruvchi o‘zaklarida tugaydi. 
Ikkinchi neyron shu o‘zaklar hujayralaridan boshlanib, til-yut-
qin nervi tarkibida bigizsimon-halqum mushagiga, adashgan nerv 
tarkibida halqum, yumshoq tanglay, hiqildoq va qizilo‘ngach ning 
yuqori qismi, qo‘shimcha nerv tarkibida trapetsiyasimon, to‘sh-
o‘mrov-so‘rg‘ichsimon, til osti nervi tarkibida til mushaklariga 
boradi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin