447
da tash qi muhitning murakkab ta’siri alohida qismlarga bo‘lina-
di va tah lil qilinadi. Bosh qa analizatorlar bilan aloqada ma’lum
ish bajariladi. Miya markazi tekis chegaraga ega bo‘lmay, «o‘zak»
hamda «yoyilgan» qismlardan tashkil topadi. O‘zak retseptorning
po‘stloq dagi to‘g‘ri va chuqur proyeksiyasi bo‘lib, yuqori tahlil
qiluv chi asosiy qism hisoblanadi. Yoyilgan elementlar o‘zak atro-
fida joylash gan bo‘lib, ularda ancha
sodda va elementar tahlil
sodir bo‘ladi. Markaz ning o‘zak qismi shikastlanganda yoyilgan
elementlar ma’lum darajada o‘zakning yo‘qolgan faoliyatini qop-
lab turadi. Har xil analizatorlarning yoyilgan elementlari egalla-
gan sohasi bir-biriga qo‘shilib ketadi. Hozirgi vaqt da miya po‘st-
log‘i bir butun qabul qiluvchi yuza hisob lanadi.
Dostları ilə paylaş: