16
mon yoki yumaloq xromosomalar shakl lanadi. Hujayra markazi
hajmi kattalashadi va yadroga yaqin joylashadi. Uning sentriolalari
bir-biridan uzoqlashib sentrosferaning periferik qismida joylasha-
di. Xromosomalarning shakllanishi va yad rochaning yo‘qolishi bi-
lan profaza yakunlanadi.
Metafazada
xromosomalar parchalanib, yadro qobig‘i yo‘qo-
lishi natijasida xromosomalar sitoplazmada erkin joylashadi. Hu-
jayra markazi duksimon shaklni olib, hujayraning o‘qi bo‘ylab
joylashadi. Xromosomalar ekvator bo‘ylab bo‘linayotgan hu-
jayraning sathini egallagan ekvatorial plastinka deb ataluvchi
duklarni hosil qiladi. Metafaza har bir xromosomada bo‘ylama
yoriq hosil bo‘lish bilan tugaydi.
Anafazada ona xromosomalarini ajralishidan hosil bo‘lgan qiz
xromosomalari sentriola duklari
qutblarga
tarqalib, ikkita bir xil-
dagi kompleks hosil qiladi.
Telofazada qiz yadrolari shakllanadi va hujayra tanasining ikki-
ga bo‘linishi, ekvotorial plastinka bo‘ylab hujayra markaziy qismini
ingichkalashuvi natijasida yuz beradi.
Mitozda yadro o‘zgarishlaridan
tashqari sitoplazmadagi or-
ganellalarda ham bir qancha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Mitotik
bo‘linish orqali qiz hujayralar ona hujayraga mos xromosomalar
to‘plamiga ega bo‘ladi. Mitoz genetik turg‘unlikni ta’minlaydi, hu-
jayralar sonini oshishini, orga nizmni o‘sishini va regenratsiya ja-
rayonlarini ta’minlaydi.
Jinsiy hujayralar meyoz yo‘li bilan bo‘linadi.
Bu hujayralar-
ni bo‘ linishi natijasida genetik axborotni uzatishda muhim aha-
miyat kasb etuv chi, yangi bir karrali (goploid) xromosoma to‘pla-
miga ega hujayralar hosil bo‘ladi. Erkaklar jinsiy hujayrasi bilan
ayollar jinsiy hujayralarining qo‘shilishida (urug‘lanish) xromo-
somalar to‘plami ikkiga ko‘payadi va to‘liq ikki karrali (diploid-
li) bo‘lib qoladi. Diploid li zigotada
ikkita bir xil xromosomalar
to‘plami mavjud. Odamda dip loid xromosomalar soni 46 ga teng.
Diploid hujayraning (zigotaning) har bir gomologik xromosoma-
lar jufti tuxum hujayrani yadrosidan va spermatozoid yadrosidan
hosil bo‘ladi. Yetuk organizmning jinsiy hujayralarida kechadigan
meyoz natijasida har bir hujayrada
juft gomologik xromosomalar-
dan bittasi qiz hujayralarida namoyon bo‘ladi. Bu meyozda DNK
replikatsiyasi va yadroni ikki marta ketma-ket bo‘linishi oqiba-
tida bitta diploid hujayradan ikkita gaploid hujayra hosil bo‘lga-
17
ni uchun amalga osha di. Har bir qiz hujayrada xromosomalar so-
ni ona hujayra yadrosiga nisbatan (46) ikki marta kam – 23 ta
bo‘ladi. Bu hujayralarda xromosomalar
soni nafaqat ikki marta
kamayadi, balki ularda xromosomalardagi genlarning joylashishi
ham o‘zgaradi. Shuning uchun yangi organizm nafaqat ota-ona
belgilarini yig‘indisini, balki xususiy alomatlarni ham o‘zida mu-
jassamlashtiradi.
Amitoz organizmni barcha to‘qimalarida uchraydi. Bu bo‘li-
nish yad rochani ingichkalashib bo‘linishidan boshlanadi. Avval
yadro ikki qism ga bo‘linadi, so‘ngra sitoplazma.
Dostları ilə paylaş: