21
da kollagen va elastik tolalardan tash qari
retikulyar tolalar va re-
tikulyar hujayralar uchraydu. Retikulyar hujayralarning o‘siqlari
bo‘lib, ular vositasida bir-biri bilan birikib to‘r hosil qiladi. Re-
tikulyar tolalar har tomonga yo‘nalib joylashadi. Retikulyar to‘qi-
ma qon ishlab chiqaruvchi va immun tizimi a’zolari to‘qimalari
asosi
tarkibiga kiradi.
Yog‘ to‘qima zaxira oziqa moddalar to‘plangan joy hisobla-
nadi. Odamda u teri osti yog‘ qatlamini hosil qiladi, shuningdek,
charvida va buyrak atrofida bo‘ladi. Yog‘ hujayralari tarkibida yog‘
tomchisi bo‘lib, ular o‘rtasidan kollagen, elastik tolalar o‘tadi va
fibroblast, semiz hujayralar, limfositlar joylashadi.
Pigment to‘qima deb, tarkibida ko‘p pigment hujayralari –
melanositlar bor to‘qimaga aytiladi.
Tog‘ay to‘qima bo‘g‘im tog‘ay lari,
umurtqalararo disk, tashqi
burun, hiqildoq, traxeya va bronx larni hosil qiladi. Tog‘ay to‘qi-
ma 2–3 tog‘ay hujayralarining (xon-
droblast va xondrositlar) guruh shak-
lida ko‘p miqdordagi zich, pishiq hu-
jayralar aro moddalar bilan o‘ral-
gan holda joylashishidan hosil bo‘la-
di. Tog‘ay to‘qima tarkibida 70–80 %
suv, 10–15 %
organik moddalar va
4–7 % tuz lar bo‘ladi.
Tog‘ay to‘qimaning 50–70 % qu-
ruq moddasi kollagendan iborat. Hu-
jayralararo moddaning tuzilishiga
qarab gialin, elastik va tolali tog‘ay
to‘qima tafovut qilinadi.
Gialin tog‘ay (9-rasm) havo
rang
bo‘ladi. U turli shakldagi tog‘ay hu-
jayralaridan iborat, hujayralararo
mod dasi tiniq bo‘lib, kollagen tolalar
va asosiy moddadan tashkil topgan.
Bo‘g‘im tog‘aylari, qovurg‘a tog‘ay-
lari, suyaklar epifizi tog‘ayi va hiqil-
doqning ko‘p tog‘aylari gialin
tog‘aydan tuzilgan.
Elastik tog‘ay to‘qima egiluv-
chanligi
va pishiqligi bilan farq
Dostları ilə paylaş: