22
qiladi. Uning asosiy moddasida
kollagen tolalar bilan bir qator-
da ko‘p miqdorda elastik tola-
lar ham bo‘ladi.
U sariq rangga
ega bo‘lib, gialin tog‘aydan xi-
raroq. Odamning quloq supra-
si tog‘ayi, hiqildoq usti tog‘ayi,
eshituv nayining va tashqi eshi-
tuv yo‘lining tog‘ay qismi elastik
tog‘aydan tuzilgan.
Tolali tog‘ay to‘qimaning
asosiy moddasida ko‘p miqdorda
kollagen tolalar bo‘lib,
unda yu-
qori darajadagi mustahkamlikni
ta’ minlaydi. Tolali tog‘ay to‘qi-
ma umurtqalararo diskning fi-
broz halqasini, ba’zi bo‘g‘imlar-
ning bo‘g‘im ichi diskini hosil
qiladi,
shuning dek, chakka-pastki jag‘ va to‘sh-o‘mrov bo‘g‘im-
larining bo‘g‘im yuza larini qop laydi. Tog‘ay to‘qima tashqi to-
mondan tog‘ay usti pardasi bilan qoplangan. Uning ichki qatlami-
da xondroblastlar bo‘lib, ulardan yosh tog‘ay hujayralari – xon-
drositlar rivojlanishi hisobiga tog‘ay o‘sadi.
Suyak to‘qima
(10-rasm) o‘zining mexanik xususiyatlari bilan
farq qiladi. U tarkibida ossein (kollagen) tolalari va noorganik tuz-
lari bo‘lgan
asosiy hujayralararo
modda ichida joylashgan suyak
hujayralaridan iborat. Suyak-
ning noorganik moddasi asosan
kalsiy va fosfor tuzlaridan iborat
bo‘lib
suyakning mustahkamligi-
ni ta’minlaydi.
9-rasm. Gialin tog‘ayning tuzilishi:
1–tog‘ay
usti parda; 2–yosh tog‘ay
hujayralari bor soha; 3–hujayralar-
aro asosiy modda; 4–xondrositlar.
10-rasm. Suyak to‘qima.
А
–suyak hujayralari; B–suyakning
kesmasi. 1–suyak usti parda;
2–osteon qatlami;
3–markaziy kanallar; 4–
о
steositlar.
23
Suyak to‘qimada uch xil: osteoblast, osteosit va osteoklast hu-
jayralari uchraydi.
Osteoblastlar suyak to‘ qi mani hosil qiluvchi o‘siq chali yosh
hujayralardir. Ular suyak to‘qima buzila yot gan va tiklanayot gan
joyda uchraydi. O‘sayotgan s u yak da ular ko‘p bo‘ladi.
Osteositlar yetilgan ko‘p o‘siqchali hujayralar bo‘lib,
ular os-
teoblastlardan hosil bo‘ladi. Osteositlarning tanasi suyak plas-
tinkasida yotsa, o‘siqchalari suyak kanalchalariga kiradi.
О
steoklastlar yirik ko‘p o‘zak li hujayralar bo‘lib, o‘siqchala-
ri bor. Ular suyak va tog‘ayni buzishda ishtirok etib, suyak to‘qi-
mani so‘rilishini ta’minlaydi.
Odamda ikki xil: yirik tolali va qatlamli suyak to‘qima tafovut
qilinadi. Yirik tolali suyak to‘qimada kollagen tolalar yaxshi bilin-
gan
dastalar hosil qilib, ular o‘rtasida osteositlar yotadi. Bunday
suyak to‘qima chaqaloqlarda, kattalarda esa bosh suyagi chok-
larida va paylarning suyakka birikkan joyida uchraydi. Qatlamli
suyak to‘qimada kollagen tolalar qatlamlar ichida yoki ular o‘rta-
sida parallel dastalar hosil qilib joylashadi. Qatlamli suyak to‘qi-
ma odam skeletining barcha suyaklarini hosil qiladi.
Qon va limfa organizmning ichki muhitini hosil qiluvchi to‘qi-
ma bo‘lib, uning yashashi uchun eng yaxshi sharoitni ta’minlab be-
radi. Ular organizmda trofik va himoya vazifasini bajaradi. Qon
suyuq asosiy modda (plazma) va uning ichidagi
qonning shaklli ele-
mentlardan iborat.
Limfa – rangsiz biroz loyqaroq suyuqlik. U plazma va ko‘proq
lim fositlardan tashkil topgan.
Dostları ilə paylaş: