4-rasm. Ko‘p qavatli yassi shoxlanmaydigan
epiteliy.
1–yuza qavat; 2–bazal qavat;
3–shilliq pardaning xususiy qatlami.
19
larning tarkibiga kirishiga qarab turli
vazifani bajaradi. Ekzokrin bezlar tur-
licha bo‘lib, ularning ko‘p chiligi ko‘p
hujayralidir. Ularda sekretor qismi va
chiqaruv nayi tafovut qilinadi.
Sekretor qismi suyuqlik ishlab chi -
qaruvchi hujayralardan iborat bo‘ ladi.
Sekretor qismining shakliga qarab nay-
simon, alveolyar, naysimon-alveolyar
bezlar tafovut qilinadi. Chi qaruv nayi-
ning tuzilishiga qarab oddiy va mu-
rakkab bezlar tafovut qili nadi. Ishlab
chiqargan suyuqligi tarkibiga qarab
shilliq, oqsil, aralash (oqsil-shilliq) va
moy bezlari tafovut qilinadi.
Suyuqlikni qanday hosil bo‘lishi va
hujayralardan qanday ajralishiga qarab
merokrin, apokrin, golokrin bezlar ta-
fovut qilinadi.
Merokrin bezlar suyuqlikni nay ga
sekretor hujayralarning sitoplaz masini
parchalamasdan turib chi qaradi. Apo-
krin bezlarda sekretor hujayralarning
sitoplazmasi qisman buziladi. Sekre-
tsiya jarayonida hujayraning apikal qismi buzilib suyuqlik tarkibi-
ga kiradi. Keyingi bosqichda buzilgan hujayra tiklanadi. Golokrin
bezlarda suyuqlik ajralishi hujayraning o‘lishi bilan kuzatiladi.
5-rasm. Bir qavali epiteliy-
ning turlari:
А
–silindrsimon; B–kubsi-
mon; D–yassi; 1–epiteliy;
2–epiteliy osti biriktiruvchi
to‘qima.
6-rasm. Ekzokrin bezlarning turlari:
А
–oddiy naysimon bez; B–oddiy alveolyar bez; D–boshlang‘ich qismi
shoxlangan naysimon bez; E–boshlang‘ich qismi shoxlangan alveolyar bez;
F–boshlang‘ich qismi shoxlangan murakkab alveolyar-naysimon bez.
|