126
ruq teshigining
tashqi tomonida ingichka, uzun bigizsimon o‘siq-
cha
chiqib turadi. Uning orqasida bigizsimon va so‘rg‘ichsimon
o‘sim talar o‘rtasida bigizsimon-so‘rg‘ichsimon teshik yotadi.
So‘rg‘ichsimon o‘simta
tashqi eshituv yo‘lagining orqasida
joylashib tashqi yuzasi qavariq va g‘adir-budir, pastki uchi yuma-
loq. O‘sim tani ichki tomondan so‘rg‘ichsimon o‘simta kemtigi
chegaralab turadi. Kemtikdan ichkarida
ensa arteriyasining egati
joylashgan. O‘simta ichida so‘rg‘ichsimon katakchalar
bo‘lib,
ular so‘rg‘ichsimon g‘or
vositasida o‘rta quloqqa qo‘shilib turadi.
O‘simtaning ensa suyagi bilan birikadigan joyda so‘rg‘ichsimon
o‘simta teshigi
ко
‘rinadi. Uning ichki kalla bo‘shlig‘iga
qaragan
ichki yuzasida sigmasimon sinus egati
joylashgan.
Kallaning yuz qismi suyaklari
Ustki jag‘ suyagi
(maxilla) juft suyak (67-rasm).
Uning ta-
nasi va to‘rtta: peshona, yonoq, tanglay va alveolyar o‘siqlari
bor. Ustki jag‘ suyagining tanasi
ichida havo saqlaydigan ustki
jag‘
bo‘shlig‘i bo‘lib, u burun bo‘shlig‘iga ustki jag‘ bo‘shlig‘ining
yori g‘i orqali ochiladi. Tanasida to‘rtta: oldingi, ko‘z kosasiga
qaragan, burun va chakka osti yuzalari tafovut qilinadi.
Oldingi yuzasi botiq bo‘lib, ko‘z
kosasiga qaragan yuzasidan
ko‘z kosasining pastki chekkasi bilan ajralib turadi. Uning os-
tida qon tomir va nervlar o‘tadigan ko‘z kosasi ostidagi teshik
bor. Undan past roqda qoziq tish chuqurchasi joylashgan.
Oldingi
yuza ni ichki tomondan chegaralaydigan burun kemtigi burunning
oldingi o‘tkir qirrasi bo‘lib tugaydi.
Ko‘z kosasiga qaragan yuzasi bir oz botiqroq uchburchak
shakldagi silliq yuza bo‘lib, ko‘z kosasining
pastki devorini tash-
kil qiladi. Bu yuzaning medial chekkasi ko‘z yoshi suyagi, g‘al-
Dostları ilə paylaş: