Anatomiya 2014. indd


-rasm. O‘ng chakka suyagi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

66-rasm. O‘ng chakka suyagi.
Ichki yuzasi:
1–tepa suyagiga qaragan qirra; 
2–ravoqsimon tepacha; 3–nog‘ora 
bosh lig‘ining tomi; 4–yuqori tos-
hsimon sinus egati; 5–sigmasi-
mon sinus egati; 6–ensa qirrasi; 
7–so‘rg‘ichsimon o‘simta teshigi; 
8–dahliz kanalchasi teshigi;
9–ravoq usti chuqurchasi; 10–bigi-
zsimon o‘siqcha; 11–chig‘anoq ka-
nalchasining teshigi;12–pastki tos-
hsimon sinus egati; 13–piramida 
qismining orqa yuzasi; 14–pirami-
da; 15–chakka suyagi piramida qis-
mining cho‘qqisi; 16–ichki eshituv 
teshigi; 17–arteriya egati; 18–yonoq 
o‘simtasi; 19–ponasimon suyakka 
qaragan qirra.


125
za: oldingi, orqa va pastki yuzalari tafovut qilinadi. Oldingi va or-
qa yuza lari kalla ichiga qaragan bo‘lsa, pastki yuzasi kalla asosi-
ning tashqi tomonidan yaxshi ko‘rinadi. Uchta yuzaga mos yuqo-
rigi, oldingi va orqa qirralar farqlanadi.
Piramida qismining oldingi yuzasi oldinga va yuqoriga qara-
gan. Lateral tomonga u chakka suyagi pallasining miya yuzasiga 
o‘tib undan tosh-palla yorig‘i
 
bilan ajralib turadi. Shu yorig‘ning 
yonida piramidaning oldingi chekkasida mushak-nay kanali teshi-
gi bor. Piramida qismining oldingi yuzasining o‘rta qismida ra-
voqsimon tepacha ko‘rinadi. U bilan tosh-palla yorig‘i o‘rtasida 
nog‘ora bo‘shlig‘i tomi
 
joylashgan.
Piramidaning uchiga yaqin uch shoxli nerv tugunining botig‘i, 
undan chekkaroqda ikkita kichkina teshik bor. Katta toshsimon 
nerv kanalining tirqishidan, katta toshsimon nervning egati bosh-
lanadi. Bu teshikdan biroz oldinda va chekkada kichik toshsimon 
nerv kanalining tirqishi bor, undan kichik toshsimon nerv ning 
egati boshlanadi. Piramida qismining yuqori qirrasi uning oldin-
gi yuzasini orqa yuzasidan ajratadi, undan yuqori toshsimon si-
nus egati o‘tadi.
Piramida qismining orqa yuzasi orqaga va medial tomonga 
qaragan. Uning o‘rta qismida ichki eshituv teshigi joylashgan. U 
ichki eshituv yo‘lagiga davom etib, uning tubidan yuz nervi ka-
nali boshlanadi. Ichki eshituv yo‘lagidan chekkaroq va yuqoriroq-
da bosh miya qattiq pardasi o‘simtasi kiradigan ravoq osti chu-
qurchasi bor.
Piramida qismining orqa qirrasi uning orqa yuzasini pastki yuza-
sidan ajratib turadi. Unda pastki toshsimon sinus egati o‘tadi.
Piramida qismining pastki yuzasi
 
kalla asosining tashqi yuza-
siga qaragan. Piramidaning asosiga yaqin joyda bo‘yinturuq chu-
qurchasi bo‘lib, uni orqa tomondan bo‘yintiriq o‘ymasi
 
chegara-
lab turadi. U ensa suyagining shu nomli chuqurchasi bilan biri-
kib bo‘yinturuq teshigini hosil qiladi. Oldida ichki uyqu arteriya-
sining kalla bo‘shlig‘iga o‘tadigan uyqu kanalning tashqi teshigi 
bo‘lib, kanal kallaning ichki yuzasiga uyqu kanalining ichki teshigi 
bo‘lib piramidaning uchiga ochiladi. Uyqu arteriyasi kanali orqa 
devorida uning tashqi teshigiga yaqin joyda nog‘ora bo‘shlig‘iga 
ochiladigan uyqu-nog‘ora kanalchalari

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin