127
virsimon suyakning ko‘z kosasi plastinkasi va tanglay suyagining
ko‘z kosasi o‘sig‘i bilan birikadi. Uning ko‘z
kosasining pastki
yorig‘ini chegaralaydigan orqa
е
rkin chekkasidan ko‘z kosasining
ostki egati boshlanadi. Oldinda u ko‘z
kosasining ostki kanali-
ga o‘tib ustki jag‘ning oldingi yuza siga ko‘z kosasi ostidagi teshik
bo‘lib ochiladi. Chakka osti yuzasi
chakka
osti va qanot-tang lay
chuqurchalarini hosil qilishda ishtirok etadi. Uni oldingi yuza-
sidan yonoq o‘sig‘ining asosi ajratib turadi. Bu yuzada ustki jag‘
suyagining do‘mboqchasi,
unda tish katakchalari teshiklari
bor.
Bu teshiklar suyak ichiga tish katakchalari kanallari bo‘lib ochi-
ladi. Ustki jag‘ suyagining do‘mboqchasidan
medial roqda verti-
kal yo‘nalgan katta tanglay egati joylashgan bo‘lib, u shu nomda-
gi kanalni hosil qilishda ishtirok etadi.
Burun yuzasi burun bo‘shlig‘ining lateral devorini hosil qilish-
da ish tirok etadi. Unga tanglay suyagi va pastki burun chig‘anog‘i
birikadi. Unda ustki jag‘ bo‘shlig‘ining yorig‘i,
undan oldinro-
qda esa ko‘z yoshi egati bor. Bu ko‘z
yoshi suyagi va pastki bu-
run chig‘anog‘i bilan birikib burun-ko‘z yoshi kanalini
hosil qi-
ladi. Uning oldida pastki burun chig‘anog‘i birikadigan chig‘anoq
qirrasi
ko‘ndalang joylashgan.
Peshona o‘sig‘i tananing oldingi va ko‘z kosasi yuzalari o‘rta-
sidan boshlanib, yuqori uchi peshona
suyagining burun qismiga
yetib boradi. Uning ichki yuzasida o‘rta burun chig‘anog‘i birika-
digan g‘alvirsimon suyak qirrasi bor.
Yonoq o‘sig‘i
Dostları ilə paylaş: