217
ri quyidagi qavat: shilliq parda, shilliq
osti asos,
mushakli parda va seros par-
dadan iborat.
Shilliq parda (112-rasm)
kulrang
pushti rangli bo‘lib, bir qavatli silindr-
simon epiteliy bilan qoplangan. Shilliq
pardaning qalinligi 0,5–2,5 mm. Un-
da shilliq parda mushak qatlami borli-
gi va shilliq osti asosi yaxshi rivojlan-
gani uchun turli yo‘nalishdagi
burma-
lar
hosil bo‘ladi. Burmalar kichik egri-
lik bo‘ylab bo‘ylamasiga yo‘nalib, osh-
qozon yo‘lini
hosil qiladi. Bu yo‘l osh-
qozonning kirish va chiqish qismlarini
o‘zaro bog‘laydi. Oshqozonning qol-
gan qismlarida burmalar yulduzsimon
shaklda bo‘ladi.
Uning pilorik qismi-
ning teshigi sohasida burmalar halqa
shaklida bo‘lib, klapanni
hosil qiladi.
Burmalarning ichida uncha katta bo‘lmagan oshqozon maydon-
chalari ko‘tarilib turadi. Bu maydonchalarning yuzasida ko‘p sonli
(35 mln ga yaqin) oshqozon bezlarining
teshiklari ochiladigan osh-
qozon chuqurchalari joylashgan.
Oshqozon bezlari joylashishiga qarab: tanasi va gumbaz qismi-
dagi xususiy bezlar va chiqish qismidagi bezlarga bo‘linadi. Oshqo-
zonning xususiy bezlari ko‘p sonli bo‘lib uch xil: ferment ajratuv-
chi asosiy hujayralari, xlorid kislota ishlab chiqaruvchi qo‘shimcha
hujayralar va shilliq ishlab chiqaruvchi mukositlardan iborat.
Shilliq osti asosi nisbatan qalin va harakatchan bo‘lgani
uchun
shilliq par da burmalar hosil qiladi.
Mushakli parda (113-rasm) uch qa vat shilliq mushakdan ibo-
rat: tashqi bo‘y lama qavat qizilo‘ngach bo‘ylama mu shak qavati-
ning davomi bo‘lib, ko‘p roq kichik va katta egriliklar bo‘ylab joy -
lashgan. O‘rta halqali qavat
tashqi qa vat ga nisbatan kuchli rivoj-
langan. U qi zil o‘ngach halqasimon
mushak qavatining bevosita
davomi bo‘lib, oshqozonning chi qish qismida qalinlashib, pilo-
rik qismidagi qisuvchi mushakni
Dostları ilə paylaş: