235
ning oldingi devorini va qizil o‘ngachning
shilliq pardasi venalari
kengayadi, kollateral qon aylanish rivojlanadi. Bunda qon, qorin
bo‘shlig‘i a’zolaridan
oshqozon, qizilo‘ngach, to‘g‘ri ichak vena-
lari orqali aylanib o‘tadi. Kollateral qon aylanish qizilo‘ngach va
boshqa a’zolar venalarini yorilishiga olib kelishi mumkin.
Qon aylanishini buzilishi va qorin bo‘shlig‘i a’zolarida qon
dim lanib qolishi, qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planishiga – as-
sitga sabab bo‘ladi. Sariqlik sirrozda hamma vaqt ham bo‘lmay-
di. Moddalar almashinuvining buzilishi juda ifodalangan bo‘lib,
bemorni ozib ketishiga, anemiyaga va
asta-sekin jigar yetishmas-
ligiga, u esa jigar komasiga va o‘limga olib keladi.
O‘t pufagi
O‘t pufagi
(vesica fellae)
o‘t to‘planadigan a’zo. U jigarning
visseral yuzasidagi o‘z nomidagi chuqurchada joylashib noksimon
shaklga ega. O‘t pufagining hajmi 50–60 sm
3
. O‘t
pufagida uch
qism: tubi, tanasi va bo‘yni tafovut qilinadi. Uning kengaygan
uchi o‘t pufagining tubi
jigarning oldingi
qirrasidan biroz chiqib
turadi. O‘t pufagining tubi orqa tomonga uning katta qismi tana-
siga o‘tadi. Tanasi jigar darvozasi tomon yo‘nalib o‘t pufagining
toraygan bo‘ynini
hosil qiladi. O‘t pufagi bo‘yni uzunligi 3,5 sm
bo‘lgan pufak yo‘liga
davom etadi.
Uning devori quyidagi qavat-
lardan iborat: ichki shilliq pardasida burmalar bo‘ladi. O‘t pufa-
gi bo‘yni va nayi sohasida spiralsimon burmalar
hosil qiladi. Mu-
shak pardasi halqali va biroz qiyshiq yo‘nalgan shilliq mushak to-
lalaridan iborat. Uning ustida yupqa seroz parda osti asosi bor.
Seroz
pardasi
uning erkin turgan yuzasini qoplaydi. Seroz parda
yo‘q sohalar adventitsial parda bilan qoplangan.
Jigarning umumiy o‘t yo‘li pufak yo‘li bilan qo‘shilishidan
hosil bo‘lgan uzunligi 7 sm atrofida bo‘lgan umumiy o‘t yo‘li
jigar, o‘n ikki barmoq ichak boylami varaqlari o‘rtasida umu-
miy jigar arteriyasi va darvoza venasi bilan birga yotadi. U past-
ga tomon yo‘nalib, o‘n ikki barmoq
ichakning tushuvchi qismi-
dagi o‘n ikki barmoq ichakning katta so‘rg‘ichiga oshqozon osti
bezi nayi bilan qo‘shilib, umumiy nay hosil qilgan holda ochila-
di. Bularning qo‘shilgan yerida
jigar-oshqozon osti kengaymasi,
quyish joyida esa kengaymaning qisuvchi mushagi hosil bo‘ladi.
Umumiy o‘t yo‘lida oshqozon osti bezi nayi bilan qo‘shilishi-
236
dan oldin umumiy o‘t yo‘lini qisuvchi mushagi bor. U jigar va
o‘t pufagidan kelayotgan o‘tni o‘n ikki barmoq ichakka o‘tishini
boshqarib turadi. Bu qisqich yopiq vaqtda o‘t o‘t yo‘lidan pufak
nayi orqali o‘t pufagiga yig‘iladi. Ichak bo‘shlig‘iga ovqat o‘t gan
vaqtda qisqich ochilib o‘t ichakka o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: