301
nalidan tash qari qin ham o‘tadi. Ularda bu sohaning mu shaklari
erkaklarga
nisbatan kuchsiz, siydik-tanosil to‘siqning ust ki va
pastki fassiyalari esa aksincha, pishiq bo‘ladi. Ayollar siydik
chiqaruv nayining tashqi sfinkteri tolalari qinni o‘rab,
uning de-
voriga chatishib ketadi. Oraliqning pay markazi qin bilan orqa
teshik o‘rtasida joylashib pay va elastik tolalardan iborat.
Sut bezi
Sut bezi
(glandula mammaria) juft a’zo bo‘lib, ter bezlarida
takomil etgan sut ishlab chiqarishiga moslashgan. U III–VI qo-
vurg‘a sohasida katta ko‘krak mushagini qoplagan fassiya ustida
joylashgan. Bezning o‘rta qismida sut bezining so‘rg‘ichi bo‘lib,
uchida 10–15 ta sut naychalari bo‘ladi. Sut bezi so‘rg‘ichi atro-
fidagi doirada va so‘r g‘ichda pigment ko‘p bo‘ladi,
qizlarda esa
u pushti pang, tuqqan ayollarda esa jigarrang bo‘ladi. Balogatga
etgan ayollarda sut bezining tanasi 15–20 ta sut bezi bo‘laklari-
dan iborat bo‘lib, ular o‘zaro yumshoq tolali biriktiruv chi to‘qi-
ma va yog‘ to‘qimasi bilan ajragan. Bularni sut bezini ko‘tarib
turuvchi boylamlar deb ataladi. Bez bo‘laklari murakkab alveo-
lyar bez tuzilishiga ega bo‘lib, so‘rg‘ichga
nisbatan radiar joy-
lashgan. Ularning sut naychasi sut bezi so‘rg‘ichi uchiga ochila-
di. Sut naychalari uchlarida kengayib – sut ishlanadigan bo‘shliq
hosil qiladi.
Yangi tug‘ilgan qiz bolaning sut bezi uncha takomil etma-
gan bo‘ ladi. Balog‘atga yetish davrida ayollarda ular tuxumdon-
ning gormonal fao liyatiga bog‘liq ravishda tez o‘sa boshlaydi. Ho-
miladorlik va lakta tsiya dav rida sut bezi to‘qimasida
alveolalar
ko‘payadi. Homiladorlikning ikkinchi yarmida bez alveolalarida
sekretor jarayon bosh langanida bez to‘liq takomilga yetadi. Bo-
la tug‘ilishidan oldin sut bezlari molozi vo chiqaradi, bola tug‘il-
ganidan birnecha kun o‘tgandan keyin sut chiqa boshlaydi. Kli-
maks davrida (45–55 yoshlar) tuxum donning gormonal fao liyati
pasayishi munosabati
bilan sut bezlari kich rayib, bez to‘qimasi
yog‘ to‘qimasi bilan almashinadi.
Mastit.
Sut bezini yalig‘lanishi mastit deyiladi. Uni qo‘zg‘atuv-
chisi ko‘pincha, stafilokokk bo‘lib, bez uchining mikrojarohati
hisobiga yallig‘lanish kelib chiqadi. Jarayon seroz, infiltrativ,
abssess, flegmonoz, gangrenali va surunkali kechadi. Mastitda
302
harorat 38,5–39 °C ga cha ko‘tariladi. Sut bezida og‘riq bo‘ladi,
bez
kattalashib ketadi, teri qizarib, tarang lashib, yaltiroq, ba’zan
ko‘kimtir tusga kiradi. Umumiy simptomlardan bosh og‘rishi,
uyquchanlik, et uvishi, hol sizlik kuzatiladi. Qo‘ltiq
osti limfa tu-
gunlari kattalashadi.
Dostları ilə paylaş: