365
lar) deyiladi. P tishchasi bo‘lmachalar qo‘zg‘alishini ko‘rsatadi.
Qo‘zg‘alish qorinchalar mushagiga yetib,
unga tarqalganida
QRS
tish chalari hosil bo‘ladi.
T
tishcasi qorinchalar qo‘zg‘alishining
tugaganini ko‘rsatadi. Shunday qilib
P
tishchasi EKGni bo‘lma-
cha qismini hosil qilsa,
Q R S T
tishchalari majmuyi qorinchalar
qismini hosil qiladi (159-rasm).
159-rasm. EKGni chizmasi: 1–bo‘lmachalarning qo‘zg‘alishi.
2–qorinchalarning qo‘zg‘alishi.
Tishchalarning balandligi:
P
= 0,05 mv;
R
= 1,6 mv;
T
= 0,25 – 0,5 mv.
EKG yurak ritmini, yurakning o‘tkazuvchi tizimida qo‘zg‘alish-
ning o‘tkazishni
buzilishini, ekstrasistoliya, ishemiya, yurak in-
farkti paydo bo‘lganida, qo‘zg‘alishning qo‘shimcha o‘choqlarini
hosil bo‘lishini tek shirishda yordam beradi.
Yurak va qon tomirlarni innervatsiyasi
Yurak
faoliyatini sezuvchi, simpatik va parasimpatik nervlar
bosh qaradi. Sezuvchi nervlar yurak va uning qon tomirlari devo-
ridagi retseptorlardan bosh va orqa miyadagi markazlarga boradi.
Simpatik tolalar yurak qisqarishini tezlatuvchi va tojsimon arte-
riyalarni kengaytiruvchi impulslarni o‘tkazsa, parasimpatik tola-
lar
yurak qisqarishini sekinlatib, tojsimon arteriyalarni toraytiruv-
chi impulslarni o‘tkazadi.
Yurakka boruvchi simpatik nerv tolalari simpatik poyaning
bo‘yin qismidagi uchta simpatik tugunidan boshlanadigan yuqo-
rigi, o‘rta va pastki yurakka boruvchi bo‘yin nervlari va ko‘krak
qismining II–V tugunidan chiquvchi yurakka boruvchi ko‘krak
nervlaridan iborat.
Parasimpatik tolalar esa adashgan nervdan chiquvchi tolalar-
dan iborat. Bu nervlar yurakka to‘rt xil ta’sir qiladi: 1)
qisqa-
rish tezligiga; 2) qisqarish kuchiga; 3) yurak bo‘ylab qo‘zg‘alishni
366
o‘tkazishga; 4) yurak mushagini qo‘zg‘aluvchanligiga. Adashgan
nerv yurak qisqarishi miqdori va kuchini kamaytirib,
yurak mu-
shagini qo‘zg‘aluv chanligi va o‘tkazuvchanligini pasaytiradi. Sim-
patik nervlar yurak qisqarishi miqdori va kuchini, qo‘zg‘aluvchan-
ligi va o‘tkazuvchanligini oshiradi. Shunday qilib, nervlar yurak
ishini boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatib, uni o‘zgartiradi va qon ayla-
nishi kuchini organizm talabiga moslab turadi.
Qon tomirlar tonusi neyrogumoral yo‘l bilan boshqariladi.
Qon tomir lar markazlari uzunchoq
va orqa miyada joylashgan
ikki xil: qon tomirlarni toraytiruvchi va qon tomirlarni kengayti-
ruvchi nervlar bilan innervatsiya qilinadi. Qon tomirlarni toray-
tiruvchi markazdan impuls lar ularni uzoq qisqargan holatda ush-
lab turuvchi qon tomirlar mu shaklariga beto‘xtov boradi. Qon
tomirlarni toraytiruvchi nervlar simpatik nerv tizimiga taalluq-
li. Qon tomirlarni kengaytiruvchi
markaz tomirlarga qon tomi-
rlarni toraytiruvchi markazni tormozlash orqali ta’sir ko‘satadi.
Bunda qon tomirlarga impulslar oqimi kamayadi va ular ken-
gayadi. Qon tomirlarni toraytiruvchi moddalarga adrenalin, no-
radrenalin, vasopressin va serotonin kiradi. Qon tomirlarni ken-
gaytiruvchilarga metobolitlar-sut kislotasi va atsetilxolin media-
tori kiradi.
Dostları ilə paylaş: