363
Ko‘krak devorida yurak tonlari
aniq eshitiladigan nuqtalar
bor. Ikki tabaqali yoki mitral qopqoq toni yurak uchi sohasida,
chap beshinchi qovurg‘a oralig‘ida o‘rta o‘mrov chizig‘idan 1,0–
1,5 sm ich kariroqda eshitiladi. Aorta qopqog‘i o‘ng ikkinchi qo-
vurg‘a oralig‘ida, to‘sh suyagi chekkasida eshitilsa, o‘pka
poyasi
chap ikkinchi qovurg‘a oralig‘ida, to‘sh suyagi chekkasida eshi-
tiladi. Uch tabaqali qopqoq to‘rtinchi o‘ng qovurg‘a tog‘ayining
to‘sh suyagiga birikkan joyda eshitiladi.
Yurakning sistolik va minutlik hajmi
. Tinch holatda yurak qo-
rinchalari har bir qisqarishida taxminan 60–70
ml qonni hay-
dab chiqaradi. Bu yurakning sistolik hajmi deb ataladi. Bu o‘ng
va chap qorinchalar uchun bir xil. Jismoniy ish bajarganda sisto-
lik hajm ortadi.
Yurakning minutlik hajmi
– bu yurakning bir minutda haydab
chi qargan qon miqdori. Tinch holatda bu 5 l atrofida bo‘ladi. Agar
sis tolik hajm 70 ml va yurak minutiga 70
marta qisqarsa, minutlik
hajm 70 ml ½ 70 = 4900 ml bo‘ladi.
Yurakning o‘tkazuvchi tizimi.
Y urak miokardining ritmik ra-
vishda qis qarishini uning o‘tkazuvchi tizimi bosh qarib turadi (156-
rasm).
Yurakning o‘tkazuvchi tizimi qo‘zg‘alishini yurak nervlaridan
bo‘l macha va qorinchalar miokardiga o‘tkazib
berish xususiyati-
ga ega atipik mushak tolalaridan iborat. Ular tarkibida miofibrillar
kam, sarkoplazmasi ko‘p bo‘ladi. Yurakning o‘tkazuvchi tizimi quyi-
dagilardan iborat:
1. Sinus-atrial
(Kis-Flek)
tuguni o‘ng bo‘lmacha
devorida yu-
qori kavak vena teshigi bilan o‘ng quloqcha o‘rtasida joylashib
bo‘lmachalar miokardiga tolalar beradi.
2. Bo‘lmacha-qorincha
Dostları ilə paylaş: