499
ralari aksonlari tektospinal yo‘lni hosil qiladi. Bu yo‘l
vositasi-
da ko‘rish bilan bog‘langan moslashuv reflektor harakatlari baja-
riladi. Ustki tepachalar o‘zagi, shuningdek, ko‘zni harakatlanti-
ruvchi nerv ning parasimpatik o‘zagi bilan ham bog‘langan. Un-
dan ko‘zni harakatlantiruvchi nerv tarkibida yo‘nalib qorachiqni
toraytiruvchi mushakni va ko‘zni akkomodatsiya
qiluvchi kiprikli
mushakni innervatsiya qiluvchi tolalar bosh lanadi.
Ko‘z uchun adekvat ta’sirlovchi bo‘lib, elektromagnit to‘lqinla-
ri 400–750 nm bo‘lgan yorug‘lik hisoblanadi. Nisbatan qisqa
ultra binaf sha va nisbatan uzun – infraqizil nurlarni odam ko‘zi
qabul qilmaydi. Ko‘zni yorug‘lik nurlarini sindiruvchi apparati –
shox parda va gavhar buyum lar tasvirini to‘r pardaga fokuslaydi.
To‘r pardada 7 mln yaqin kolbacha va 130 mln tayoqcha bo‘ladi.
Yorug‘likka tayoqchalar ancha sezgir bo‘lib, ularni qorong‘ilik-
da ko‘rish apparati deyiladi. Kolbachalarning yorug‘likni sezuv-
chanligi 500 marta kam. Ular kunduzgi va rangni ko‘rish appa-
rati hisoblanadi. To‘r pardada kolbacha va tayoqchalar bir tekis
tarqalmagan. Ko‘z tubida eng yaxshi ko‘rish sohasi bo‘lib mar-
kaziy
chuqurcha hisob lanib, unda buyumlarga qaraganda tasvir
fokuslana di. Markaziy chuqurchada faqat kolbacha bo‘ladi. To‘r
pardani priferiyasiga qarab kolbachalar soni kamayib, tayoqchalar
soni oshadi. To‘r pardani periferiyasida faqat tayoqchlar bo‘ladi.
To‘r pardada tasvir aylangan va kichraygan bo‘ladi.
Shunga qara-
may biz buyumlarni to‘g‘ri ko‘ramiz. Bu bir sezgi a’zosi faoliyati
boshqa a’zolar bilan tekshirilib turgani uchun ro‘y beradi.
Dostları ilə paylaş: