496
li nur sindirish qobiliyatiga ega. Uning oldingi yuzasi va oldin-
gi qutbi ko‘z olmasining orqa kamerasiga qaragan. Orqa yuzasi
qabariq roq bo‘lib, orqa qutb bilan shishasimon tanaga tegib tu-
radi. Uning oldingi va orqa yuzalari qo‘shilgan chekkasi gavhar
ekvatori deyiladi. Gavhar moddasi rangsiz, qattiq, qon tomir va
nervlari bo‘lmaydi. Gavharning ichki qismi – gavhar o‘zagi, pe-
riferik – gavhar po‘stlog‘iga nisbatan qattiq. Ko‘z gav hari tashqi
tomondan tiniq, elastik xalta bilan qoplangan bo‘lib, gavharning
oldingi va orqa yuzalaridan boshlanuv chi sinnon boylamlari vosi-
tasida kiprikli tanaga birikadi. Kiprikli mushak qisqarganida xusu-
siy tomirli parda oldinga suriladi va kiprikli tana gavharning ekva-
toriga yaqinlashadi, sinnon boylami bo‘shashib, gavharning oldin-
gi-orqa o‘lchami kattalashadi. Uning qavariqligi oshib, nur sindi-
rish qobiliyati ortadi. Kiprikli mushak bo‘shashganida kiprikli ta-
na gavhar ekvatoridan uzoqla shadi, sinnon boylami taranglashib,
gavhar yassilashadi va uning nur sindirish qobiliyati kamayadi.
Shishasimon tana gavharning orqa tomonida joylashadi. U ti-
niq, qon tomirlar va nervlari yo‘q quyuq mas sadan iborat. Tashqi
tomondan shi sha simon tana pardasi bilan o‘ralib, shishasimon
tana stromasi va tiniq suyuqlikdan iborat. Uning nur sindirish
qobiliyati ko‘z olmasi kameralari suyuqligi ko‘rsatkichiga yaqin.
Ko‘z olmasida muguz parda bilan rangdor parda o‘rtasida ko‘z
olmasining oldingi, rangdor parda bilan gavhar o‘rtasida ko‘z ol-
masining orqa kameralari mavjud bo‘lib, ularda joylashgan suv
kabi suyuq lik
Dostları ilə paylaş: