487
larini innervatsiya qiladi. Vegetativ nervlar esa ichki a’zolar va
qon tomirlar silliq mushaklarini, shuningdek, bezlarni innervat-
siya qiladi.
Simpatik va parasimpatik nervlarning o‘zaro farqi
1. Parasimpatik nerv tizimining markazlari bir-biridan uzoqda
va kichik sohada, simpatik nerv tizimining markazi bitta katta so-
hada joy lashgan.
2. Simpatik nerv tizimi barcha ichki a’zolarni va ko‘z olmasi-
ning silliq mushaklarini innervatsiya qiladi, parasimpatik nerv tizi-
mi esa siydik yo‘li va ba’zi bir yirik qon tomirlarda bo‘lmaydi.
3. Parasimpatik nerv tugunlari ichki a’zolar devori ichida yoki
a’zoga yaqin joylashsa, simpatik nerv tugunlari esa umurtqa po-
g‘onasi yonida yoki oldida joylashadi.
4. Parasimpatik nervlarning tugun oldi tolalari uzun, tugun or-
qa tolalari qisqa bo‘lsa, simpatik nervlarning tugun oldi tolalari
qisqa, tugun orqa tolalari uzun bo‘ladi.
Simpatik va parasimpatik nervlar organizmga qarama-qarshi
ta’sir ko‘rsatadi. Shunga qaramasdan bu ikki tizim o‘zaro ham-
korlikda faoliyat ko‘rsatadi. Masalan: parasimpatik nerv tizimi
ta’ sirida yurak harakati sekinlashsa, tomirlarni toraytiruvchi sim-
patik nervlar faoliyati pasayib, qon tomirlar shunga mos ravishda
kengayadi va qon oqishi sekinlashadi.
Dostları ilə paylaş: