489
Bundan tashqari uchta bo‘yin tugunidan yurakka yo‘naluvchi ust-
ki, o‘rta va pastki bo‘yin nerv lari chiqib, pastga ko‘krak qafasiga
yo‘naladi. Bu nervlar adashgan nerv tarmoqlari bilan yurak chiga-
lini hosil qiladi va uni innervatsiyasida qatnashadi
Simpatik poyaning ko‘krak qismi (208-rasm) qovurg‘alarning
bo‘y ni sohasida joylashgan bo‘lib, ustidan parietal plevra qopla-
gan. Bu qism 10–12 ta uchburchak shakldagi, o‘lchamlari 3–5 mm
bo‘lgan ko‘krak tugunlardan iborat. Bu tugunlarga barcha ko‘krak
orqa miya nervlaridan chiquvchi preganlionar tolalardan iborat
oq qo‘shuvchi tarmoq lar keladi. Ko‘krak tugunlaridan ko‘krak or-
qa miya nervlariga kulrang qo‘shuvchi tarmoqlar chiqadi. II–V
ko‘krak tugunlaridan aortaga, yurakka, o‘pka, qizilo‘ngachga tar-
moqlar chiqib, chigallar hosil qilishda ishtirok etadi.
V–IX ko‘krak tugunlarining tolalari ichki a’zolarning katta ner-
vini hosil qilsa, X–XI ko‘krak tugunlari tolalariridan ichki a’zolar-
ning kichik nervi hosil bo‘ladi. Bu nervlar diafragmaning bel qis-
mi oyoqchalari o‘rtasidan qorin bo‘shlig‘iga o‘tib, qorin (quyosh)
chigalini hosil qilish da ishtirok etadi.
Simpatik poyaning bel qis mi 3–5 ta duk shaklidagi o‘l cham-
lari 6 mm bo‘lgan bel tu gunlardan iborat. Ular bel umurtqalari ta-
nasini oldingi yon tomonida, katta bel mu shagining ichki chek-
kasida bir-biriga juda yaqin joylash gan bo‘ lib, oldindan qorinpar-
da or qa fassiyasi qoplaydi. O‘ng va chap tomondagi bel tugun-
lari o‘zaro umurt qalarning old tomoni da joylashgan ko‘ndalang
qo‘shuv chi tola lar vositasida birikkan. Yuqo rigi ikkita bel tuguni-
ga I va II bel nerv laridan oq qo‘shuvchi tarmoqlar keladi. Bel tu-
gunlaridan: 1) kul rang qo‘shuvchi tarmoqlar bel orqa miya nerv-
lariga qo‘shiladi; 2) bel sohasidagi ichki a’zo-
lar nervlari quyosh, aorta, buyrak usti bezi va
buyrak chigallarini hosil qilishda ishtirok eta-
Dostları ilə paylaş: