483
2.
Dumbaning ustki nervi
chanoq bo‘sh li g‘idan noksimon mu-
shak usti teshigidan shu nomdagi arteriya
va vena bilan tash qariga
chi qib, o‘rta va kichik dumba mushaklari orasida yotadi. Bu nerv
o‘rta va kichik dumba hamda keng fassiyani taranglovchi mu-
shaklarni innervatsiya qiladi.
3.
Dumbaning pastki nervi
chanoq bo‘sh
lig‘idan noksimon
mu shak
osti teshigi orqali chiqib, katta dumba mushagini va cha-
noq-son bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi.
4.
Jinsiy nerv
chanoq bo‘shlig‘idan noksimon mushak osti
teshigi orqali chiqib, quymich o‘sig‘ining orqasidan aylanib o‘tib,
kichik quy mich teshigi orqali quymich-to‘g‘ri
ichak chuqurcha-
siga kira di. Bu chuqurchada oldinga tomon yo‘naladi va uning
tarmoq lari oraliq mushaklari va terisini innervatsiya qiladi. Jin-
siy nerv ning oxirgi tarmoqlari siydik-tanosil to‘sig‘idan o‘tib, er-
kaklarda olatning g‘ovak tanasi va olat boshining terisini, ayollar-
da klitorning g‘ovak
tanasi ni, katta va kichik jinsiy lablar terisini
innerva tsiya qiladi.
Dumg‘aza chigalining uzun tarmoqlariga son terisining orqa
nervi va o‘tirg‘ich nervi kiradi (206-rasm).
1.
Dostları ilə paylaş: