Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə408/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Avtonom nerv tizimi
Avtonom nerv tizimi organizmning o‘sishida ishtirok etadigan 
a’zolar faoliyatini boshqaradi. U a’zolar faoliyatini kuchaytiradi 
yoki pasaytiradi, natijada a’zolarning tonusi o‘zgaradi.
Avtonom nerv tizimi ikki: markaziy va periferik qismlarga bo‘-
linadi. Uning markaziy qismi bosh va orqa miyaning ayrim sohala-
rida joylashgan to‘rt qismdan iborat:
1. Mezensefal qism – o‘rta miyada, ko‘zni harakatlantiruvchi 
nerv ning qo‘shimcha (Yakubovich) o‘zagi.
2. Bulbar qism – uzunchoq miyada va ko‘prikda joylashgan VII, 
IX, X juft bosh miya nervlarining avtonom o‘zaklari.
3. Torokolumbal qism – orqa miyani C
VIII
–Th

–L
III
segment-
larining oraliq lateral ustunlaridagi avtonom o‘zaklar.
4. Sakral qism – orqa miyaning S
II–IV
segmentlari sohasida joy-
lash gan oraliq medial o‘zaklar.
Avtonom nerv tizimining periferik qismi tarkibiga: 
1. Avtonom nervlar, ularning shoxlari va tolalari. Avtonom 
tolalar tugun oldi (preganglionar) va tugun orqa (postganglionar) 


486
tolalarga bo‘linadi. Tugun oldi tolalar markazdan avtonom tugun-
gacha borsa, tugun orqa tolalar tugundan a’zolargacha boradi.
2. Avtonom nerv tugunlari joylashishiga qarab:
a) paravertebral tugunlar – umurtqa pog‘onasining yon tomoni-
da joylashadi.
b) prevertebral tugunlar – umurtqa pog‘onasining old tomonida 
joylashadi. Bu ikki guruh tugunlar simpatik nerv tizimiga taalluqli.
d) intramural tugunlar – ichki a’zolar devorida joylashadi. Ular 
mu shak pardada (harakatlantiruvchi, Aurbax), shilliq osti (sezuvchi, 
Meys ner) va seroz osti asosda (sezuvchi, Vorobev) joylashgan tugun-
lariga bo‘linadi.
e) oxirgi yoki a’zolar yaqinida (uch shoxlik nerv yo‘nalishida) 
joylashgan tugunlar. Bu ikki guruh tugunlar parasimpatik nerv tizi-
miga taalluqli.
3. Avtonom nerv chigallari bo‘shliqlarda qon tomirlar va a’zolar 
atrofida joylashadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin