482
shagining oldingi yuzasida pastga va tashqariga yo‘naladi. Chov
boylamining lateral qismi ostidan songa o‘tadi va sonning lateral
yuzasi terisini tizza bo‘g‘imigacha innervatsiya qiladi.
6.
Yopqich nerv
(n. obturatorius)
katta bel mushagining me-
dial chekkasidan pastga yo‘nalib kichik chanoq bo‘shlig‘iga tu-
shadi. O‘z nomidagi arteriya va vena bilan birga yopqich ka-
nal orqali o‘tib, sonning yaqinlashtiruvchi mushaklarini,
sonning
medial yuzasi terisini va chanoq-son bo‘g‘imi xaltasini innervat-
siya qiladi.
7.
Son nervi
(n. femoralis) bel chigalining eng katta shoxi (205-
rasm). U katta bel va yonbosh mushaklarining o‘rtasidagi egat
bo‘ylab yo‘nalib, mushaklar sohasi botig‘i orqali son uchburcha-
giga chiqadi. Chov boylamidan biroz
pastroqda son nervi quyida-
gi tarmoqlarga bo‘linadi: a) mushak tarmoqlari sonning oldingi gu-
ruh mushaklarini innervatsiya qiladi; b) oldingi teri tarmoqlari 3–5
ta bo‘lib, sonning oldingi medial yuzasi
terisini innervatsiya qiladi;
d) teri osti nervi boldirning oldingi medial yuzasi terisini innervat-
siya qiladi.
Dostları ilə paylaş: