485
tomoni terisini innervatsiya qiluv chi boldirning lateral teri nervi
chiqadi. Bundan tashqari umumiy kichik boldir nervi sonda son-
ning ikki boshli mushagini kalta boshini va tizza bo‘g‘imi xalta-
sini innervatsiya qiladi.
Yuza kichik boldir nervi pastga yo‘nalib mushak-kichik bol-
dir kanalida yotadi. Kanaldan o‘tayotganida u uzun va kalta-ki-
chik boldir mu shaklariga tarmoqlar beradi. Boldirning pastki qis-
mida nerv kanaldan chiqib fassiyani teshib o‘tadi va oyoq kafti
ustki yuzasi terisini I–II barmoqlarni bir-biriga qaragan yuzasi-
dan tash qari qismini innervatsiya qiladi.
Chuqur kichik boldir nervi suyaklararo pardaning oldingi yu-
zasi bo‘y lab oldingi katta boldir arteriyasi bilan birga oyoq kafti
ustiga chiqadi va I va II barmoqlarning bir-biriga qaragan yuza-
si terisini, shuningdek, oldingi katta boldir, barmoqlarni yozuv-
chi uzun, oyoq bosh barmog‘ini yozuvchi uzun mushak, barmoq-
larni yozuvchi kalta va oyoq bosh barmog‘ni yozuvchi kalta mu-
shaklarni hamda boldir-oyoq panja bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya
qiladi.
Dostları ilə paylaş: