Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə403/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Tirsak nervi
(n. ulnaris) medial dastadan boshlanib, yelka-
da shox ber maydi. U dastlab o‘rtadagi nerv va yelka arteriyasi bi-
lan birga yotadi. Yelkaning o‘rta qismida medial tomonga yo‘na-
lib, yelka suyagining medial do‘ng usti do‘m boqchasining orqa-
sidagi tirsak nervi ega ti dan bilakka o‘tadi. Bilakda nerv o‘z no-
midagi arteriya bilan birga tirsak egatida yo‘naladi. Bilakda nerv 
barmoq larni bukuvchi chuqur mushakni medial qismini va panja-
ni bu kuvchi tirsak mushagini innervatsiya qiladi. Nerv, shuning-
dek, tirsak bo‘g‘imiga shoxlar beradi.
Bilakning pastki uchdan birida nerv orqa va kaft tarmoqlariga 
bo‘linadi. Tirsak nervining orqa tarmog‘i kaftning orqa yuzasida 
5 ta bar moqlarning orqa nervlariga bo‘linib, tirsak suyagi tomon-
dan 2-, 5-barmoq terisini innervatsiya qiladi (203-rasm). Kaftda-
gi tarmoq yuza va chuqur tarmoq lariga bo‘linadi.
Uning yuza tarmog‘i kaftning kalta mushagini va 5- hamda 4- 


480
bar moqning medial yuzasi terisini innerva-
tsiya qiladi (204-rasm). Chuqur tarmog‘i 
jim jiloqni bukuvchi kalta, jimjiloqni qarama-
qarshi qo‘yuvchi, jimjiloqni uzoqlashtiruv-
chi, bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi mu-
shakni, bosh barmoqni bukuvchi kalta mu-
shakni chuqur boshini, 3–4 chuvalchangsimon, suyaklararo mu-
shaklarni hamda kaft bo‘g‘imlarini innervatsiya qiladi.
2. 
Yelka terisining medial nervi
medial dastadan boshlanib
yelka arteriyasi bilan birga yo‘naladi. U yelka fassiyasini teshib 
o‘tadi va yelkaning medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi.
3. 
Bilak terisining medial nervi
medial dastadan boshlanib yel-
ka arteriyasini yonida yotadi. Yelkaning o‘rta qismida fassiyani 
teshib, teri ostiga chiqib, bilakka tushadi va bilakning oldingi me-
dial yuzasi terisini innervatsiya qiladi.
Yelka chigalining orqa dastasini bevosita davomi 
bilak nervi
(n. ra dia lis)dir. Bu nerv yelkaning chuqur arteriyasi bilan yelka-
mu shak kana li da yelka suyagini aylanib o‘tadi. Yelkada bilak ner-
vi yelkaning orqa guruh mushaklari bilan yelkaning orqa lateral 
yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Yelkaning lateral mushaklararo 
to‘sig‘ini teshib o‘tganidan keyin nerv pastga tomon yo‘nalib, yel-
ka va yelka-bilak mushaklari o‘rtasida yota-
di. Tirsak bo‘g‘imi sohasida u yuza va chu-
qur tarmoqlarga bo‘linadi. Bilak nervining 
yuza tarmog‘i bilak arteriyasi bilan kaftning 
orqa yuzasiga o‘tadi va bosh barmoq tomon-
dan 2-, 5-barmoq terisini innervatsiya qiladi 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin