506
bazi nog‘ora bo‘shlig‘iga qaragan. Chig‘anoq buralma kanalining
o‘qi gorizontal yo‘nalgan suyak asos bo‘lib, uning atrofida bural-
ma kanalning suyakli plastinkasi to‘liq bo‘lmagan to‘siq shaklida
spiral kanalni o‘rtasida turadi. Chig‘anoqning gumbazi sohasida u
buralma plastinkaning ilmog‘i vositasida oval shakldagi chig‘anoq
uchidagi teshikni (gelikotrema) chegaralab turadi. Chig‘anoq bu-
ralma kanalining o‘qini ingichka o‘qning bo‘ylama kanallari teshib
o‘tgan bo‘lib, ularda dahliz-chig‘anoq nervining chig‘anoq qismi
tolalari yotadi. Buralma kanalning suyakli plastinkaning asosida
o‘qning buralma kanali bo‘lib, unda chig‘anoq tuguni joylash-
gan. Chig‘anoqning asosida nog‘ora narvonining boshlanishida
chig‘anoq kanalining ichki teshigi joylashgan.
Yarim doira kanallari
(canales semicirculares) uchta ravoq-
simon kanallar shaklida gorizontal, sagittal va frontal sathlar-
da joylashgan. Ularning har biri ikkita oyoqcha: bittasi ampu-
la shaklida kengaygan bo‘lib, kengaygan oyoqcha, ikkinchsi od-
diy oyoqcha deb ataladi. Suyak yarim doira kanallar bo‘shlig‘ning
kengligi 2 mm teng. Uchta yarim doira kanallar dahlizga beshta
teshik bilan ochiladi, chunki oldingi va orqa yarim doira kanal-
larning oddiy oyoqchalari o‘zaro qo‘shilib umumiy suyak oyoq-
chasini hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: