509
magan epiteliydan unga til-yutqun nervi tolalari o‘sib kirishi
ta’sirida rivojlanadi. Dastlab piyozchalar juda ko‘p bo‘ladi. Yangi
tug‘ilgan chaqaloq zambrug‘simon so‘rg‘ichida juda ko‘p piyoz-
chalar bo‘lib, keyin yo‘qolib ketadi. Katta odamlarda ta’m bilish
piyozchalarining ko‘p qismi ko‘tarma bilan o‘ralgan, bargsimon
so‘rg‘ichlarda, kam qismi zamburg‘simon so‘rg‘ichlarda joylash-
gan. Ta’m bilish piyozchalari shilliq parda yuzasiga teshikcha-
lar bilan ochiladi, ulardan ta’m bilish hujayralarining o‘simtalari
chiqib turadi. Tilning oldingi 2/3 qismidan ta’m bilish yuz nervi-
ning nog‘ora tori tolalari, orqa 1/3 qismi tanglay va tomoq shil-
liq pardasidan esa til-halqum nervi tolalari, hiqildoq usti tog‘ayi
shilliq pardasidan adashgan nerv tolalari qabul qilib oladi. Ular-
ning markaziy tolalari shu nervning sezuvchi o‘zaklarida tugaydi.
Bu o‘zaklar hujayralari aksonlari ko‘ruv bo‘rtig‘iga yo‘naladi. Bu
soha hujayralaridan boshlangan uchinchi neyron paragippokom-
pal pushtaning ilmoq sohasidagi po‘stloq markaziga boradi.
To‘rt xil asosiy ta’m bilish qo‘zg‘atuvchilariga: shirin, nor-
don, achchiq va sho‘rga mos to‘rt xil ta’m bilish retseptorlari ta-
fovut qilinadi.
Teri va uning hosilalari
Teri
(cutis) organizmning tashqi ta’sirdan saqlabgina qol-
may, balki muhim sezgi a’zosi vazifasini ham bajaradi. Teri orqali
odam haroratni, atmosfera bosimini, og‘riqni va biror narsa tegib
turganini sezadi. Bundan tashqari teri modda almashinuvi, nafas
olish va suyuqlik ajratish fao liyatlarida ham ishtirok etadi. Odam
terisining umumiy sathi 1,5–2 m
2
bo‘lib, tana o‘lchamiga bevo-
sita bog‘liq. Teri sezuvchanligi odamda juda yaxshi takomil etgan
bo‘lib, sezgi retseptorlari terining hamma yerida bir xil tarqalma-
gan. Lablar, burun va barmoqlarning uchlarida sezgi retseptorla-
ri juda ko‘p. Terida yuza qavat epidermis va chuqur qavat derma
tafovut qilinadi.
Dostları ilə paylaş: