Organizm immun sistemasi
Hujayraviy va gumoral immunitetni sodir qiluvchi immunologik tizim hujayralari
asosan limfoid a’zolarda gavdalanadi. Ular orasida timus (ayrisimon bez), taloq,
limfatik tugunlar, suyak ko’migi va sut emizuvchilarda limfoid hujayralarning turli
guruhini alohida ajratish kerak. Qushlarda esa ularga qo’shimcha ravishda fabrisius
xaltasi ham kiradi. Suyak ko’migi asosan miyeloid markazi hisoblanishiga
qaramasdan, hujayralarning immunokompetentlik xususiyatini barqarorlashtirishda
juda muhim. Immunologik tizimni hujayralar tizimi sifatida olib qarasak, unda bu
tizimni limfositlar, makrofaglar, makrofaglarga o`xshash ba’zi bir hujayralar
jumladan, taloqning dendrit hujayralari va epitelial Langergans hujayralarning
yig’indisi tashkil etishi ma’lum bo’ladi. Yuqorida sanab o’tilgan hujayralar,
immunologik tizimning tuzima va a’zolarini; limfosit va makrofaglarning ma’lum
bir qismi esa qon va limfa hujayralari populyasiyasini tashkil qiladi. 1.1.1.1. Timus
Bu limfoid a’zo bo’lib, uning katta qismi ko’krak kafasida, ko’krak suyagi
dastasiniig orqa tomonida joylashadi. Ko’pchilik hayvonlar organizmida timus ikki
qismdan iborat. Odam organizmida esa timus ikki bo’lakdan tarkib topgap va
umumiy tuzilmani tashkil qiladi. Timusning katta-kichikligi yosh ulg’ayishi bilan
o’zgarib boradi. Uning nihoyatda kattalashgan shakli (odam navdasiga nisbatan
olinganda) ona qornidagi bolada va uning ikki yoshgacha bo’lgan davriga qadar
kuzatiladi. Ikki yoshdan jinsiy yetuklik darajagacha ham uning o’lchovi ancha katta
bo’ladi. Jinsiy voyaga yetish davri tugagach, u asta-sekin kichiklasha boshlaydi va
deyarli involyusiyaga uchraydi. O’tmishdagi anatomlarga timyan o’simligi
bargining shaklini eslatgani uchun ayrisimon bez timus deb nomlangan. Odam
organizmida ayrisimon bez, embrional davnning ikkinchi oyida uchinchi va qisman
to’rtinchi halqum chuntagidan rivoj topa boshlaydi. Bu davrnining oltinchi
xaftasida, timus epitelial hosilaga aylanib, keyinchalik unda qon tomir va
mezenximal elementlarining hosil bo’lishi kuzatiladi. 7-8 haftalar orasida esa
dastlabki limfositlar namoyon bo’la 6 boshlaydi. Shunday qilib ushbu bez
limfoepitelial a’zolarga aylanadi. Embrional rivojlanishning uchunchi oyga kelib,
a’zoda bo’laklar hosil bo’la boshlaydi va shu bilan birga uning tuzilmaga xos
shakllanishi yuzaga keladi. Bezning keyingi rivoji uning sig’imi va vaznining
oshishi bilan chambarchas bog’liq bo’ladi[2]. Ayrisimon bez yupqa biriktiruvchi
kapsula bilan qoplangan, uning ostida bez bo’lakchalari yotadi. Har bir bo’lakcha
ikki qatlamdan iborat. Bo’lakchaning periferik, limfositlarga gavjum qismi-tashqi
pustloq, markaziy, hujairalarga boy bo’lmagan qismi esa miya qatlami deb ataladi.
Ayrisimon bezning normal funksiyasi tug’risidagi ma’lumot oxirgi 10-15 yillar
ichida olingan bo’lib, ular orasida eng asosiylari quyidaglar hisoblanadi:
immunologik jihatdan rivojlanishi, tiklanish va ko’maklashish vakolatlari, periferik
limfoid tizimlarni boshqarish va boshqalar. Immunologik nuqtai nazardan nigoh
tashlansa, timusning asosiy vazifasi T-limfosit populyasiyalarini ma`lum bir rivoj
darajasiga yetkazish yoki differinsiasiyalash hisoblanadi. Bezning bu vazifasi
gumoral omillarni ishlab chiqarish tufayli amalga oshadi. BU gumoral omillar asosai
bezning epitelial hujayralari tomonidan yuzaga keladi. Shunday qilib, timus T-
limfosit populyasiyalarinnng ma’lum bir yetuklik darajasiga ko’tarilishida muhim
o’rin tutadi. T-hujayralarining o’tmish avlodlari timusga qarab ko`chib yurish
qobiliyatiga ega, bunda ular a’zoning ta’siri ostida bo’ladi. Timus tarkibidan o’rin
olgan va dastlabki rivoj bosqichida bo’lgan «chaqaloq» hujayralar o’z tashqi
markerlari (tamg’alari) ga ega bo`lmaydi. Ular markerlik xususiyatini ana shu a’zo
ta’siri ostida asta-sekin orttiradi[4]. Timusning po’stloq qatlamini tark etgan T-
limfositlar bir qancha sinflarga bo’linib ketib, voyaga yetgan T- xelper, T-supressor
va T- killer vakolatligini shakllantirib beradigan, o’ziga xos markerlarni namoyon
qiladi. 1.1.1.2. Suyak ko’migi. Sut emizuvchilar organizmida suyak ko’migi B-
hujayralarning yetiladigan manbai hisoblanadi. Bunda B-hujayralar o’zak
hujayralaridan hosil bo’lib, tashqi qavatida immunoglobulin molekulalarini
tashuvchi kichik limfositlarga aylanadi. Suyak ko’migi o’zida limfoid bo’lmagan va
o’ta geterogen (turli-tuman) hujayralar populyasiyasini saqlaydi. Suyak ko’migini
limfoid a’zo bo`lishiga qaramasdan, immunologik a’zo deb ham qarash mumkin,
chunki u postnatal rivojlanish davrida turli limfosit va makrofag populyasiyalarini
hosil qiluvchi o`tmishdosh hujayralarni o’zi bilan ergashtirib keladi. Ma’lumki, qon
hujayralarining hosil bo`lish jarayoni gematopoez deb ataladi, ushbu hujayralarni
hosil qiluvchi to`qima esa gematopoetik to`qima deb nomlangan. Gematopoetik
to`qimaning ikki turi mavjud. Ulardan biri, miyeloid, ikkinchisi esa limfoid
turlaridir[8]. To`qimaning miyeloid deb nomlanishi bejiz emas, (yunoncha
miyelos—miya demakdir) odam organizmida qon hujayralari va ularning bevosita
o’tmishdosh avlodlari, xususan, eritrosit, granulosit hamda plastinkalar va ularning
gavdalanishiga javobgar hujayralar, suyak bushlig’idan o’rin olgan bo’lib, ko’mik
tarkibida joylashadi. Shuning uchun suyak ko’migi to`qimasi miyeloid to`qima deb
atalgan. Suyak ko’migida o’ziga xos immunologik reaksiyalar kechadi, masalan,
antitanalar sintezi. Zardob immunoglobulinlarining asosiy manbai bo’lib, suyak
ko’migi 7 hisoblanishi mumkin. Masalan, 10 xaftalik sichqonlarning suyak ko’migi
tarkibida 80 foizdan ortiqroq immunoglobulin molekulalarini sintez qiladigan
hujayralar to`plangan bo’ladi. Periferik limfoid to`qimasi antigenga nisbatan tez
hamda qisqa vaqt mobaynida ta’sirlansa, suyak ko’migi sekin ta’sirlanib, uning
javobi uzoq va antitanalar ishlab chiqarishi ancha vaqt mobaynida bo’ladi[8,34]. B-
limfositlarning yetilishi, ularning tashqi qavatida immunoglobulin reseptorlari
hamda GBK gen mahsulotlari ekspressiyasi holatidagina tugallanadi. Limfositlar
suyak ko’migi hujayralarining taxminan 20 foizini tashkil etadi.
|