Odam evolyutsiyasi, dastlabki odamla\
Odamning tarixiy rivojlanishiga oid paleontologik materiallar uning
evolutsiyasida to‘rt bosqich – odamning boshlang‘ich ajdodlari, eng qadimgi
odamlar, qadimgi odamlar, hozirgi zamo
n qiyofasidagi odamlar bo‘lganligini
ko‘rsatadi.
Odamning boshlang‘ich ajdodlari. Bundan taxminan 25 mln yil
mu qaddam driopiteklar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, irsiy o‘z-
garuvchanlik tufayli ikki tarmoqqa
– hozirgi odamsimon maymunlar va
odam larning dastlabki ajdodlariga ajralganlar. Birinchi tarmoq vakillarining
kelgusi
rivojlanishidan
gorilla,
shimpanze
kelib
chiqqan.
Sharoitning keskin o‘zgarishi tufayli driopiteklarning ba’zilari ikki oyoqlab
yurishga o‘tganlar. Natijada «janubiy maymunlar» – avstralopiteklar paydo
bo‘lgan. Ularda ikki oyoqlab yurish tayyor tayoqlar, toshlar, yirik hayvon
suyaklaridan qurol sifatida foydalanish imkonini bergan. Ular o‘rmon-dasht,
ochiq yerlarda yashagan. Bo‘yi 120–140 sm bo‘lib, tanasining massasi 36–
55
kg,
kalla suyagining hajmi 500
–600 sm 3 bo‘lgan. Avstralopiteklar chanoq
suyagining tuzilishi ikki oyoqlab harakatlanganligidan dalolat beradi.
Avstralopiteklarning suyak qoldiqlari Keniyaning Rudolf ko‘li atrofi dan
5,5 mln yoshda bo‘lgan yer qatlamlaridan topilgan. Avstralopiteklarning
bir turi rivojlanib, dastlabki odam (homo habilis)ni hosil qilgan. Bosh
miyasining hajmi 650
–680 sm 3 bo‘lgan. Bo‘yi 135–150 sm. Ular tayyor tosh,
yog‘och qurollar yordamida yirik hayvonlarni ovlaganlar, o‘simliklarning yer
ostidagi piyozlari, tuganaklari, ildizlarini kovlaganlar. Homo habilis olovdan
foydalanishni bilgan hamda yirik toshlardan o‘zlari uchun kulba yasagan.
Shu
sababli
ular
«uquvli
odam»
deb
atalgan.
Eng qadimgi odamlar
– (arxantroplar). Arxantroplar tik yuruvchi
odam
– homo erectus turiga kiritiladi. 1891-yili gollandiyalik olim Dyubua
Yava orolidan pitekantrop (maymun odam)ning suyak qoldiqlarini topgan.
Uning bo‘yi 170 sm, miyasining hajmi 800–1100 sm 3 bo‘lgan. Pitekantroplar
toshdan, suyakdan qurollar yasagan, olovdan foydalanishni bilgan va jamoa
bo‘lib yashagan. 1927–1937-yillarda Pekin atrofi dagi g‘ordan sinantrop
odamning suyak qoldiqlari topilgan. U 500
–300 ming yil avval yashagan.
Sinantroplar miyasining hajmi 850
–1220 sm 3 , bo‘yi 150–160 sm bo‘lgan.
Ular olov yoqishi va uni saqlashni bilganlar. Pitekantroplar, sinantroplar,
hozirda homo erectus turiga kiritilib, eng qadimgi odamlar arxantroplar
231sanaladi.
Arxantroplar
Qadimgi
odamlar
(paleoantroplar).
Germaniyaning
Neander
daryosi
yaqinida, shu
jumladan, Surxondaryo viloyatining Teshiktosh g‘oridan
qadimgi odamning kalla, jag‘ va oyoq suyaklari topilgan. Unga neandertal
odam deb nom berilgan. Neandertallar 250
–40 ming yil avval yashaganlar.
Uning peshanasi qiyali bo‘lib, iyagi yaxshi rivojlanmagan. Bo‘yi 155–165 sm,
miyasining hajmi 1400 sm 3 bo‘lgan. Ular jamoa bo‘lib yashaganlar. Ular
bolalarga, keksalarga va kasallarga g‘amxo‘rlik qilganlar, o‘lganlarni
ko‘mganlar.
Hozirgi
zamon
qiyofasidagi
odamlar
(neoantroplar).
Dastlabki neoantroplarning skeletlari 1868-yili Fransiyaning janubidagi
Kromanyon g‘oridan topilgan. Shuning uchun dastlabki hozirgi zamon
odamlari kromanyonlar deb ataladi. Ular 50
–60 ming yil avval paydo bo‘lgan.
Kromanyonlarning bo‘yi 180 sm, miyasining hajmi 1600 sm 3 , iyagi bo‘rtib
chiqqan va peshanasi keng bo‘lgan. Ularda ma’noli nutq yaxshi rivojlangan,
tanasining tuzilishi bo‘yicha kromanyonlar hozirgi odamlardan farq
qilmaganlar. Kromanyonlar murakkab qurollarni yasay olganlar, uy
qurganlar,
uning devorlariga ov epizodlari, raqslar, hayvonlar va odamlarning tasvirini
ishlaganlar. Yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirganlar va dehqonchilik bilan
shug‘ullana boshlaganlar. Odamning boshlang‘ich ajdodlari. Bundan
taxminan
25
mln
yil
mu qaddam driopiteklar yashash uchun kurash, tabi
iy tanlanish, irsiy o‘z-
garuvchanlik tufayli ikki tarmoqqa
– hozirgi odamsimon maymunlar va
odam larning dastlabki ajdodlariga ajralganlar. Birinchi tarmoq vakillarining
kelgusi
rivojlanishidan
gorilla,
shimpanze
kelib
chiqqan.
Sharoitning keskin o‘zgarishi tufayli driopiteklarning ba’zilari ikki oyoqlab
yurishga o‘tganlar. Natijada «janubiy maymunlar» – avstralopiteklar paydo
bo‘lgan. Ularda ikki oyoqlab yurish tayyor tayoqlar, toshlar, yirik hayvon
suyaklaridan qurol sifatida foydalanish imkonini bergan.
Ular o‘rmon-dasht,
|