Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Yallig’lanish va organizmni immunologik reaktivligi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə79/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Yallig’lanish va organizmni immunologik reaktivligi
Yallig’lanishni tashqi belgilarini intensivligi bilan flogogen omillar kuchi o’rtasida bog’liqlik borligi hech kimga sir emas. Flogogen omilni agressivligini oshirib, unga nisbatan organizmini javob reaktsiyasini ham oshirish mumkin. Mahlumki, bunday bog’liqlik har doim ham kuzatilmaydi. Bir xil turdagi kasallik chaqiruvchi agentlar har xil insonlarda turlicha reaktsiya chaqiradi. M: bolalar bir xil manbaadan difteriya bilan zararlansa, bir bola o’lib qolishi mumkin. Ikkinchisida yallig’lanish jarayoni yengilroq o’tadi.
Demak, yallig’lanish nafaqat kasallik chaqiruvchi flogogen omilni kuchiga, balki organizmni immun reaktivligiga ham bog’liqdir. Agar organizmning reaktsiyasi, u yoki bu ramkadan chiqmasa, RESSLE bo’yicha normergik yallig’lanish deb yuritiladi. Agar yallig’lantiruvchi agent, alg’teratsiya ustunligi bilan kuchsiz, uzoqroq reaktsiya chaqirsa bunday yallig’lanishni gipoergik yallig’lanish deb yuritiladi, bunday xolat ochlikda kuzatiladi. Lekin, bahzida yallig’lanish shunday shiddat bilan kechadiki, tahsiroat kuchi bilan mahalliy va umumiy javob reaktsiyalari o’rtasida bog’liqlik bo’lmaydi. Bunday yallig’lanishni giperergik yallig’lanish deb yuritiladi. U ko’proq allergik reaktsiyalarda kuzatiladi (Strukov A.I.)
Antigen-antitelo flogogen omil sifatida yallig’lanish chaqirish mumkin. Bu sensibilizatsiyaga uchragan hayvonga indeferent agent m: ot zardobi yuborganimizda nekroz bilan namoyon bo’luvchi shiddatli reaktsiya kuzatiladi. Bunday yallig’lanish, yuqori sezuvchanlikni sekin va tezkor allergik tiplari uyg’unlikda keladi. Yallig’lanish antigen-antitelo kompleksi tsitopatik va leykotaksik tahsiridan tezkor tipdagi allergik tipga xos bo’ladi. Antigen+antitelo kompleksiga komplement tizim ham yopishadi.
Ushbu kompleks (qo’shilgan) yopishgan joyda fermentlar aktivligi ortadi, mikrotsirkulyatsiya buziladi, gipoksiya va oxir oqibat nekrozga olib keladi.
Yallig’lanish sekin boruvchi allergik reaktsiya tipiga mansub bo’lsa to’qimadagi auotoantigen hujayralarni zararlaydi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin